“UzAirways” Seulga parvozlar sonini ko‘paytiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 757 uzbekskix avialiniy
Boeing 757 uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna bo‘lish
3 maydan Toshkent-Seul reyslari haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” Toshkent-Seul yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar sonini oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayni paytda mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar haftaning payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda.
3 maydan bu yo‘nalishda haftaning seshanba kunlari ham parvozlar bajariladi.
Janubiy Koreyaga kirish uchun yo‘lovchilar koronavirusga topshirilgan PZR-testning manfiy natijasiga ega bo‘lishlari kerak.
Yangiliklar lentasi
0