Ronalduning yangi tug‘ilgan farzandlaridan biri vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishIgrok sbornoy Portugalii Krishtianu Ronaldu i motilek
Igrok sbornoy Portugalii Krishtianu Ronaldu i motilek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna bo‘lish
Futbolchining egizak farzandlaridan biri tug‘ilish jarayonida vafot etdi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Portugaliya terma jamoasi sardori, Angliyaning "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning egizak farzandlaridan biri tug‘ilish jarayonida vafot etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi.

“Chaqalog‘imiz olamdan o‘tganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz. Faqatgina qizchamizning dunyoga kelishi bizga bu onni oz bo‘lsa-da umid va quvonch bilan o‘tkazishga kuch beradi”, - deya yozdi Ronaldu.

O‘tgan yil oktabr oyida Ronaldu Jorjina Rodriges bilan egizak farzand kutayotganini ma’lum qilgan edi. Keyinchalik bu o‘g‘il va qiz ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.
Ronaldu va uning qaylig‘i Jorjina Rodrigesning 3 yoshli Alana Martina ismli qiz farzandi bor. Shuningdek, Rodriges Ronalduning surrogat onadan tug‘ilgan uch nafar farzandiga ham onalik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0