https://oz.sputniknews.uz/20220419/rai-al-youm-saudiya-arabistoni-aqshdan-yuz-ogirib-rossiya-tomonga-otdi-24070491.html
“Rai Al Youm”: Saudiya Arabistoni AQShdan yuz o‘girib, Rossiya tomonga o‘tdi
“Rai Al Youm”: Saudiya Arabistoni AQShdan yuz o‘girib, Rossiya tomonga o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
“Rai Al Youm” Saudiya Arabistoni o‘z qiziqishlarini Rossiya va Xitoy tomonga qaratayotganini qayd etdi. 19.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-19T12:40+0500
2022-04-19T12:40+0500
2023-04-05T18:37+0500
dunyoda
saudiya arabistoni
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/13/24068536_0:62:2853:1667_1920x0_80_0_0_707b9cd0164000f537b999ffb0dce65d.jpg
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni dunyo maydonida Amerika nufuzi tushib borayotgani ortidan Qo‘shma Shtatlardan yuz o‘girib, Rossiya va Xitoyga qo‘shilishga qaror qildi, deb hisoblamoqda sharhlovchi Xalid al Jausiy.Al Jausiy valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al Saud bir necha kun ichida Rossiya va Xitoy yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashganini inobatga olib shunday fikrni bildirgan.U Ar-Riyod va Vashington munosabatlari Podshohlik valiahd shahzodasi bilan hamkorlik qilishni istamasligini aytgan prezident Jo Bayden davrida yomonlashganini eslatgan. Xususan, Muhammad bin Salmon al Saud Amerika yetakchisining Ukrainadagi harbiy operatsiya tufayli Moskvaga qarshi kiritilgan G‘arb sanksiyalari ortidan narxni pasaytirish uchun neft qazib olishni ko‘paytirish iltimosini rad etgan.Eslatib o‘tamiz, fevral oxiridan buyon Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabiston valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al Saud o‘rtasida ikki marta telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Birinchi suhbat 3-mart, ikkinchi esa 16-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida yetakchilar ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishgan.Mavzuga oid:
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/13/24068536_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_a812158f42a898f7467b290bd79b4623.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, saudiya arabistoni, aqsh, rossiya
dunyoda, saudiya arabistoni, aqsh, rossiya
“Rai Al Youm”: Saudiya Arabistoni AQShdan yuz o‘girib, Rossiya tomonga o‘tdi
12:40 19.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) “Rai Al Youm” Saudiya Arabistoni o‘z qiziqishlarini Rossiya va Xitoy tomonga qaratayotganini qayd etdi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni dunyo maydonida Amerika nufuzi tushib borayotgani ortidan Qo‘shma Shtatlardan yuz o‘girib, Rossiya va Xitoyga qo‘shilishga qaror qildi, deb hisoblamoqda sharhlovchi Xalid al Jausiy.
“Ibn Salmon, ehtimol, 80-yil davomida Saudiya Arabistonining strategik ittifoqchisi bo‘lgan Amerikadan yuz o‘girishga va yangi Rossiya-Xitoy alyansiga qo‘shilishga qaror qildi. Bu nafaqat Fors ko‘rfazi mintaqasida, balki butun Yaqin Sharqdagi tubdan o‘zgarishlar haqida signal beradi”, - deyiladi ekspertning “Rai Al Youm” nashrida chop qilingan maqolasida.
Al Jausiy valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al Saud bir necha kun ichida Rossiya va Xitoy yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashganini inobatga olib shunday fikrni bildirgan.
U Ar-Riyod va Vashington munosabatlari Podshohlik valiahd shahzodasi bilan hamkorlik qilishni istamasligini aytgan prezident Jo Bayden davrida yomonlashganini eslatgan. Xususan, Muhammad bin Salmon al Saud Amerika yetakchisining Ukrainadagi harbiy operatsiya tufayli Moskvaga qarshi kiritilgan G‘arb sanksiyalari ortidan narxni pasaytirish uchun neft qazib olishni ko‘paytirish iltimosini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oxiridan buyon Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabiston valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al Saud o‘rtasida ikki marta telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Birinchi suhbat 3-mart, ikkinchi esa 16-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida yetakchilar ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishgan.