Milliy gvardiyaga yana bir qator vakolatlar berilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudnik Natsionalnoy gvardii i DPS na postu
Sotrudnik Natsionalnoy gvardii i DPS na postu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna bo‘lish
Milliy gvardiya organlari huqubuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqli ekanligi belgilanmoqda.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Milliy gvardiya organlariga ma’muriy jazo choralarini qo‘llash huquqi berilmoqda. Bu xaqda deputat Rasul Kusherbayev o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
Deputatning yozishicha, Milliy gvardiya organlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir qator moddalari bo‘yicha huqubuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqli ekanligi belgilanmoqda.
Milliy gvardiyaga quyidagi vakolatlar berilmoqda:
-187-moddasining birinchi qismi (Jamoat joylarida alkogol maxsulotini iste’mol qilish);
-188-modda (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish);
-188-2-modda (Voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish);
-192-modda (Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish) bo‘yicha.
Shuningdek, Milliy gvardiya organlarining mansabdor shaxslari MjTKning yana bir qator moddalarida (61, 183, 184-2, 184-3, 185, 185-1 (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari) 185-2, 185-3, 186-moddalarida, 187-moddaning ikkinchi qismida, 188-1, 188-3, 189, 189-1, 190, 191, 194-1, 195-1, 196 (Milliy gvardiyaga tegishli qismi bo‘yicha) va 210-1- moddalari) nazarda tutilgan ma’muriy huqubuzarliklarni aniqlasa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuborishi belgilanmoqda.
Loyiha deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0