https://oz.sputniknews.uz/20220419/lavrov-hindiston-telekanaliga-intervyu-berdi-asosiy-fikrlar-24075753.html
Lavrov Hindiston telekanaliga intervyu berdi: asosiy fikrlar
Lavrov Hindiston telekanaliga intervyu berdi: asosiy fikrlar
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tashqi ishlar vaziri “India Today” telekanaliga bergan interyusida Ukraina, yadro quroli va Rossiyaga qarshi provokatsiyalarga to‘xtaldi. 19.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-19T15:30+0500
2022-04-19T15:30+0500
2022-04-19T15:30+0500
rossiya
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/13/24075280_0:136:3161:1914_1920x0_80_0_0_23f1e20caf0a21543ea18199a3f1c320.jpg
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “India Today” telekanaliga katta intervyu berdi.Ukraina, yadro quroli, NATORossiya TIV rahbari jurnalistning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya Kiyevga yadro quroli bilan hujum qilishi mumkin degan xavotirlari haqidagi savoliga javob berdi.NATO mamlakatlari va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi munosabatlarga to‘xtalib, Lavrov G‘arb Ukraina prezidentini qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga shubha bildirdi.Lavrov yana bir bor ta’kidladiki, Ukrainaning tinch aholisi Rossiya harbiylari nishoni emas va bo‘lmaydi ham, tinch aholi Ukraina Qurolli kuchlari xatti-harakatlari tufayli qurbon bo‘lgan.“Biz faqat harbiy infratuzilmalarga zarba berapmiz. Afsuski, millatchilar ramzlaridan foydalanayotgan ukrain armiyasi... bu batalonlar odamlardan jonli qalqon sifatida foydalanishni davom ettirmoqda, ular shaharlardagi bolalar bog‘chalari, kasalxonalar, turar binolar oldida og‘ir qurollarni joylashtirishda davom etishmoqda”, - dedi u.Ukrainadagi feyklar, o‘z so‘zida turmaslikUkraina armiyasining harbiy jinoyatlari dalillari, jumladan, guvohlarning aytganlari muntazam ravishda katta hajmda chop qilinmoqda, biroq dunyo hamjamiyati buni ko‘rmaslikka olishda davom etmoqda, deydi Lavrov.“Afsuski, G‘arbda biz taqdim etayotgan faktlarga hech kim e’tibor bermayapti. Ular bir necha kun oldin Buchada bo‘lganidagi kabi bunday materiallarni soxtalashtirishmoqda”, - deya eslatdi Rossiya TIV rahbari.Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rosssiya Donesk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasini (LXR) tan oldi va o‘z qaroridan voz kechmaydi. Ukraina tomonidan bilan muzokaralar natija bermayapti, chunki Kiyev o‘z pozitsiyasini doim o‘zgartirmoqda. Misol uchun, Turkiyadagi muzokaralarning oldinga siljishidan keyin Rossiyaga nisbatan navbatdagi provokatsiya uyushtirilgan.Diplomat umuman olganda Rossiya Ukrainadagi rejimni o‘zgartirishni rejalashtirmayotgani ta’kidladi.“Biz Ukrainadagi rejimni o‘zgartirmoqchi emasmiz, bu haqda ko‘p marotaba aytganmiz. Biz ukrainlar keyin o‘zlari qanday yashashni xohlashlari borasida bir qarorga kelishlarini istaymiz. Biz odamlarning erkin tanlovi bo‘lishini istaymiz”, - dedi Lavrov.U Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi mamlakatni denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish ekanini yana bir bor eslatib o‘tdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/13/24075280_215:0:2946:2048_1920x0_80_0_0_a0c8a3fb65d356b38fb6eba664061301.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, sergey lavrov
Lavrov Hindiston telekanaliga intervyu berdi: asosiy fikrlar
Rossiya tashqi ishlar vaziri “India Today” telekanaliga bergan interyusida Ukraina, yadro quroli va Rossiyaga qarshi provokatsiyalarga to‘xtaldi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “India Today” telekanaliga katta intervyu berdi.
Ukraina, yadro quroli, NATO
Rossiya TIV rahbari jurnalistning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya Kiyevga yadro quroli bilan hujum qilishi mumkin degan xavotirlari haqidagi savoliga javob berdi.
“Men hushi unchalik joyida bo‘lmagan odam aytgan gaplarga munosabat bildira olmayman”, - dedi u va aynan Rossiya yadro qurolidan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi barcha xalqaro bitimlar tashabbuskori ekanini eslatdi.
NATO mamlakatlari va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi munosabatlarga to‘xtalib, Lavrov G‘arb Ukraina prezidentini qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga shubha bildirdi.
“Ular undan (Ukraina prezidentidan – tahr.) Rossiyaga qarshi foydalanishdi, uni Minsk bitimlariga amal qilmaslikka majburlash uchun qo‘llaridan kelgan ishni qilishdi”, - dedi Rossiya vaziri.
Lavrov yana bir bor ta’kidladiki, Ukrainaning tinch aholisi Rossiya harbiylari nishoni emas va bo‘lmaydi ham, tinch aholi Ukraina Qurolli kuchlari xatti-harakatlari tufayli qurbon bo‘lgan.
“Biz faqat harbiy infratuzilmalarga zarba berapmiz. Afsuski, millatchilar ramzlaridan foydalanayotgan ukrain armiyasi... bu batalonlar odamlardan jonli qalqon sifatida foydalanishni davom ettirmoqda, ular shaharlardagi bolalar bog‘chalari, kasalxonalar, turar binolar oldida og‘ir qurollarni joylashtirishda davom etishmoqda”, - dedi u.
Ukrainadagi feyklar, o‘z so‘zida turmaslik
Ukraina armiyasining harbiy jinoyatlari dalillari, jumladan, guvohlarning aytganlari muntazam ravishda katta hajmda chop qilinmoqda, biroq dunyo hamjamiyati buni ko‘rmaslikka olishda davom etmoqda, deydi Lavrov.
“Afsuski, G‘arbda biz taqdim etayotgan faktlarga hech kim e’tibor bermayapti. Ular bir necha kun oldin Buchada bo‘lganidagi kabi bunday materiallarni soxtalashtirishmoqda”, - deya eslatdi Rossiya TIV rahbari.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rosssiya Donesk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasini (LXR) tan oldi va o‘z qaroridan voz kechmaydi. Ukraina tomonidan bilan muzokaralar natija bermayapti, chunki Kiyev o‘z pozitsiyasini doim o‘zgartirmoqda. Misol uchun, Turkiyadagi muzokaralarning oldinga siljishidan keyin Rossiyaga nisbatan navbatdagi provokatsiya uyushtirilgan.
“Biz ular sari borib, Chernigov va Kiyev viloyatlaridagi qo‘shinlarimiz joyini o‘zgartirdik, biroq bunga baho berishmadi va birdaniga Buchadagi provokatsiya ro‘y berdi”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Diplomat umuman olganda Rossiya Ukrainadagi rejimni o‘zgartirishni rejalashtirmayotgani ta’kidladi.
“Biz Ukrainadagi rejimni o‘zgartirmoqchi emasmiz, bu haqda ko‘p marotaba aytganmiz. Biz ukrainlar keyin o‘zlari qanday yashashni xohlashlari borasida bir qarorga kelishlarini istaymiz. Biz odamlarning erkin tanlovi bo‘lishini istaymiz”, - dedi Lavrov.
U Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi mamlakatni denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish ekanini yana bir bor eslatib o‘tdi.