Buxorolik otaxonlar Toshkentga piyoda kelishdi

© Minsport UzbekistanIz Buxari v Tashkent peshkom
Iz Buxari v Tashkent peshkom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna bo‘lish
Ikki otaxon yoshlarga o‘rnak bo‘lish maqsadida Buxorodan Toshkentgacha 600 km masofani 18 kunda piyoda bosib o‘tdi.
TOShKENT, 19-aprel — Sputnik. Buxoro viloyati Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi ikki nuroniy Ahmad va G‘ulom Xojiyevlar Toshkentga kelish uchun 600 km masofani piyoda bosib o‘tishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.
Otaxonlar 1-aprel kuni Buxoro viloyati Vobkent tumani markazida joylashgan minor oldidan yo‘lga chiqishdi va 18-aprel kuni belgilangan marrani ortda qoldirib, poytaxtga yetib kelishdi.
Ular “Xumo arena” majmuasida Toshkent shahar Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tantanali kutib olindi. Otaxonlarning so‘zlariga ko‘ra, ular kelgusida yangidan-yangi marralarni zabt etishga harakat qilishadi.
© Minsport UzbekistanIz Buxari v Tashkent peshkom
Iz Buxari v Tashkent peshkom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2022
Iz Buxari v Tashkent peshkom
Xabarda yozilishicha, otaxonlar prezidentning PF-6099-sonli farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, qolaversa yoshlarga o‘rnak bo‘lish maqsadida ushbu yo‘lni bosib o‘tishan.
Ma’lumot uchun, prezident imzolagan farmonda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton kabi sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard so‘mdan ajratilishi belgilab berilgan.
Yangiliklar lentasi
0