Buxorodagi qurilish mollari sexi yonib ketdi

Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida sexning 1500 kvadrat metr maydondagi tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Buxoro shahridagi qurilish mollari sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar berdi.
Shahardagi Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan qurilish mollari (har xil turdagi bo‘yoq) sexida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar 19-aprel kuni soat 01:50 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 01:54 da yetib borib, yong‘in soat 02:28 da qurshab olingan va soat 03:57 batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida sexning 1500 kvadrat metr maydondagi tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida sexning 10 ming kvadrat metr maydon yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga FVB rahbariyati, IIB, prokuratura, SSB hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.
Yangiliklar lentasi
0