Yaman prezidenti Ar-Riyod bosimi tufayli iste’foga chiqdi - OAV
Yaman prezidenti Ar-Riyod bosimi tufayli iste’foga chiqdi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Yetti yil davomida hukumatni topshirishni istamagan Yaman sobiq prezidenti Hodi Saudiya Arabistoni qarori bilan vakolatini topshirdi. 18.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Saudiya Arabistoni rasmiylari Yaman prezidenti Abd Rabba Mansur Hodini iste’foga chiqishga va o‘z vakolatlarini Prezidentlik boshqaruv kengashiga topshirishga majbur qildi. Hozir prezident uy qamog‘ida, deb yozmoqda Wall Street Journal Saudiya va Yaman rasmiylariga tayanib. Ar-Riyoddagi muzokaralar chog‘ida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ol-Saud Yaman prezidentiga kengashga vakolatlarni topshirish qoidalarini belgilab beruvchi “yozma farmon”ni topshirdi, deb yozadi Amerika gazetasi. Hodini iste’foga chiqarish qarorini kengashning boshqa ishtirokchilari ham qo‘llab-quvvatlagan. Yana bir manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni rasmiylari Hodini hokimiyatdan ketishga ko‘ndirish maqsadida uning korrupsion faoliyatiga oid daliliy dalillarni oshkor qilish bilan tahdid qilishgan. Lekin Saudiya Arabistoni rasmiysining yana bir vakili Ar-Riyod Hodiyning hokimiyatdan chetlatilishini “tashkil etmagani” va korrupsiya harakatlarini fosh qilish bilan tahdid qilmaganini aytdi.
Yetti yil davomida hukumatni topshirishni istamagan Yaman sobiq prezidenti Hodi Saudiya Arabistoni qarori bilan vakolatini topshirdi.
TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Saudiya Arabistoni rasmiylari Yaman prezidenti Abd Rabba Mansur Hodini iste’foga chiqishga va o‘z vakolatlarini Prezidentlik boshqaruv kengashiga topshirishga majbur qildi. Hozir prezident uy qamog‘ida, deb yozmoqda Wall Street Journal Saudiya va Yaman rasmiylariga tayanib.
Yaman prezidenti mamlakatda yetti yil davom etgan fuqarolar urushidan so‘ng o‘z vakolatlarini sakkiz nafar taniqli siyosiy liderni o‘z ichiga olgan Prezidentlik boshqaruv kengashiga topshirdi. Kengash tashkil etilgani haqida Ar-Riyoddagi umumiy maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha e’lon qilindi, uning ishtirokchilari yangi kuch tuzilmasini husiylar bilan muzokara boshlashga chaqirishdi.
Ar-Riyoddagi muzokaralar chog‘ida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ol-Saud Yaman prezidentiga kengashga vakolatlarni topshirish qoidalarini belgilab beruvchi “yozma farmon”ni topshirdi, deb yozadi Amerika gazetasi. Hodini iste’foga chiqarish qarorini kengashning boshqa ishtirokchilari ham qo‘llab-quvvatlagan.
Yana bir manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni rasmiylari Hodini hokimiyatdan ketishga ko‘ndirish maqsadida uning korrupsion faoliyatiga oid daliliy dalillarni oshkor qilish bilan tahdid qilishgan. Lekin Saudiya Arabistoni rasmiysining yana bir vakili Ar-Riyod Hodiyning hokimiyatdan chetlatilishini “tashkil etmagani” va korrupsiya harakatlarini fosh qilish bilan tahdid qilmaganini aytdi.
Yaman mojarosi
2000 yillar boshida Yamanda Xusayin al-Xusiy boshchiligidagi shiya musulmonlari ko‘p yil hukumat tepasida bo‘lgan sunniy rahbarlarni diskriminatsiyada ayblab, norozilik namoyishlariga chiqishadi.
2004 yilda Al-Xusiy hukumat qo‘shinlari tomonidan o‘ldiriladi va qarama-qarshiliklar keskin tus oladi.
2015 yil boshida xusiylar hukumatni kuch bilan egallab oladi va amaldagi prezident Hodi poytaxtdan qochishga majbur bo‘ladi.
7 yil davomida Hodi Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt va boshqa davlatlar harbiy ko‘magida xusiylarga qarshi kurashib kelayotgan edi.
2022 yil aprelida u vakolatini Prezidentlik boshqaruv kengashiga topshirdi.