Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Pasxa bayramida ig‘vo uyushtirishga tayyorlanmoqda – Rossiya Mudofaa vazirligi

© AP Photo / Vadim GhirdaUkrainskie voyennoslujashie yedut verxom na bronetransportere v Kiyeve, Ukraina.
Ukrainskie voyennoslujashie yedut verxom na bronetransportere v Kiyeve, Ukraina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
Kev feykni keng tarqatish uchun ko‘plab G‘arb OAVlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Kiyev G‘arb mamlakatlari ko‘magida Pasxa bayramida ko‘plab qurbonlar ishtirokidagi ig‘volarni uyushtirishni rejalashtirgan. Bu haqda Rossiya Mudofaani boshqarish milliy markazi boshlig‘i general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari ixtiyorida ig‘volar Pasxa kechasida Zaporojye, Nikolayev, Odessa, Sum va Xarkov viloyatlarida amalga oshirilishiga oid ma’lumotlar mavjud. Buning uchun jangarilar guruhlaridan 70 ta mobil guruh shakllantirilgan.
“Ularning vazifalari keyin rossiyalik harbiylar tinch aholini ommaviy ravishda o‘ldirishda ayblash maqsadida ibodatxona va cherkovlarni o‘qqa tutish”, - dedi Mizinsev.
Bundan tashqari, Kiyev feykni keng tarqatish uchun ko‘plab G‘arb OAVlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.
“Ukraina hukumatining tayyorlayotgan ig‘volari ularning o‘z fuqarolari taqdiriga umuman befarqligini namoyon etadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YeXHT, Qizil xoch xalqaro qo‘mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlarni zudlik bilan bu g‘ayriinsoniylik, barcha axloq va xalqaro gumanitar huquqlari normalariga zid ig‘voning oldini olish uchun Kiyev rejimiga ta’sir o‘tkazishga chaqiramiz”, - dedi general-polkovnik.
Yangiliklar lentasi
0