O‘zbekistonda jigar faoliyatiga ekspress ravishda tashxis qo‘yadigan yangi qurilma yaratildi

© Depositphotos / Ryanking999Devushka derjit kartinku s izobrajeniyem pecheni v rukax
Devushka derjit kartinku s izobrajeniyem pecheni v rukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
Bu kichik o‘lchamli qurilma qon plazmasidagi umumiy bilirubin miqdorini reaktivsiz usul yordamida kam vaqt davomida baholash imkonini beradi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekistonda jigar faoliyatiga ekspress ravishda tashxis qo‘yadigan yangi qurilma yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston fanlar akademiyasi (O‘zFA) matbuot xizmati xabar berdi.
Kichik o‘lchamli mobil qurilmani O‘zFAFizika-texnika instituti ishlab chiqqan. U qon plazmasidagi umumiy bilirubin miqdorini reaktivsiz usul yordamida kam vaqt davomida baholash imkonini beradi.
“Ushbu qurilma yordamida oilaviy poliklinikalarda va ko‘chma mobil laboratoriyalarda qo‘llanish hisobiga odam organizmining sog‘lig‘ini belgilovchi asosiy organ — jigarning ishlash samaradorligini ekspress ravishda tashxislash mumkin”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, qurilma energiya tejamkor bo‘lib, dala sharoitida ishlashi uchun kichik o‘lchamli akkumulyatorlardan ham foydalansa bo‘ladi. Qurilmada 100 ta o‘lchash natijalarini saqlash imkoniyati ham mavjud.
Yangiliklar lentasi
0