O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘l aloqalarini rivojlantirishga kelishib olishdi

© Uzbekiston Temir yo‘llariUzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston delegatsiyasi “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar" temir yo‘li qurilishidan manfaatdor va ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Termiz shahrida 12-14 aprel kunlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi raisi Baxturrahmon Sharafat boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Afg‘oniston tomoni "So‘g‘diyona-Trans" DK (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli) tomonidan joriy yilning o‘tgan davridan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Xayraton – Mozori Sharif” temir yo‘l liniyasining ekspluatatsiyasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan to‘liq mamnunligini bildirdi.
© Uzbekiston Temir yo‘llariUzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze
2021 yilning ikkinchi yarmidagi Afg‘onistondagi vaziyat o‘zgarishi tufayli (AQSh qo‘shinlari tark etishi), temir yo‘l yuk aylanmasida sezilarli pasayish kuzatilgan edi, lekin 2022-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan hamkorlikdagi ishlar tufayli yuk aylanmasi hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga yetdi (1,1 mln. tonna).
Muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston tomoni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda vagonlarni tushirishni tezlashtirish, bu orqali Hayraton stansiyasiga kiruvchi yuklar hajmini oshirish, shuningdek, imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish va "Naybobot" va “Mozori Sharif” stansiyalarini qayta tiklashni jadallashtirishga tayyorligini ta’kidladi.
“Mozori Sharif-Kobul-Peshovar" temiryo‘l loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari - o‘zbek-afg‘on muzokaralarning alohida muhim nuqtasi bo‘ldi. Xususan, belgilangan yo‘nalish bo‘ylab dala ekspeditsiyasini tashkil etish va o‘tkazish tafsilotlari va shu orqali yangi temir yo‘l liniyasini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni tezlashtirish masalasi muhokama qilindi.
Afg‘oniston delegatsiyasi ushbu temiryo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, ular uchun muhimligini alohida ta’kidladi, chunki bugungi kunda Afg‘oniston rivojlanish vektorlaridan biri bu - Markaziy Osiyoning va Janubiy Osiyo bilan integratsion loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdorlik hisoblanadi.
© Uzbekiston Temir yo‘llariUzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze
Delegatsiya a’zolari shuningdek, Termiz shahrida Afg‘oniston fuqarolarini uchun tashkil etilgan ta’lim markaziga tashrif uyushtirishdi. U yerda mehmonlar Termiz lokomotiv deposidagi afg‘onistonlik temiryo‘lchilarning amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv markazi, hamda afg‘on talabalari uchun yaratilgan ta’lim, turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi.
Kelajakda Afg‘oniston bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, Afg‘onistonda temiryo‘l mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun o‘zbekistonlik temiryo‘lchilar bilan birgalikda Hayraton stansiyasi negizida dala o‘quv markazi tashkil etish rejalashtirilgan.
Afg‘oniston tomoni O‘zbekistonga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan salmoqli yordam uchun minnatdorlik bildirdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va uni yanada kengaytirish rejasini alohida ta’kidladi.
© Uzbekiston Temir yo‘llariUzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnie proyekti v Termeze
Yangiliklar lentasi
0