https://oz.sputniknews.uz/20220418/harbiy-changichilar-musobaqasida-ozbekiston-jamoasi-sovrinli-orin-egalladi-24047805.html
Harbiy chang‘ichilar musobaqasida O‘zbekiston jamoasi sovrinli o‘rin egalladi
Harbiy chang‘ichilar musobaqasida O‘zbekiston jamoasi sovrinli o‘rin egalladi
Sputnik O‘zbekiston
“ArMI-2022”: xalqaro “Sayan yurishi” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar bu yil ham kuchli uchlikdan o‘rin oldi. 18.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-18T15:35+0500
2022-04-18T15:35+0500
2022-04-18T15:35+0500
jamiyat
mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/12/24048960_0:1:1280:721_1920x0_80_0_0_c7ff9a09650a3993f808dfc7b881c919.jpg
TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida 17-aprel kuni Rossiyada xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi bo‘lib o‘tgan “Sayan yurishi” musobaqada munosib ishtirok etib kelgan harbiylar tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Bir necha kun davomida Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Rossiya ayollar jamoasi, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Abxaziya va Janubiy Osetiya davlatlaridan, jami 9 ta jamoalar o‘z davlati sha’nini munosib himoya qilishdi.Musobaqa nizomiga ko‘ra jamoalar harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘ hududlarida 50 kilometrlik marshrutni bosib o‘tib, 12 ta shart bo‘yicha ko‘rsatilgan meyorlarni mahorat bilan bajarishdi. Harbiylardan jangovar va jismoniy tayyorlarlik, mutaxassis sifatida mahoratni ko‘rsatish talab etildi. G‘olib va sovrindorlarga medal hamda xalqaro armiya o‘yinlarining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur musobaqada O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ikkinchi bor ishtirok etib, o‘tgan yilgi natijani saqlab qolishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/12/24048960_160:0:1121:721_1920x0_80_0_0_836332ef14697b25bf4b5943c5c35a35.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mudofaa vazirligi
jamiyat, mudofaa vazirligi
Harbiy chang‘ichilar musobaqasida O‘zbekiston jamoasi sovrinli o‘rin egalladi
“ArMI-2022”: xalqaro “Sayan yurishi” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar bu yil ham kuchli uchlikdan o‘rin oldi.
TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida 17-aprel kuni Rossiyada xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi bo‘lib o‘tgan “Sayan yurishi” musobaqada munosib ishtirok etib kelgan harbiylar tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bir necha kun davomida Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Rossiya ayollar jamoasi, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Abxaziya va Janubiy Osetiya davlatlaridan, jami 9 ta jamoalar o‘z davlati sha’nini munosib himoya qilishdi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra jamoalar harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘ hududlarida 50 kilometrlik marshrutni bosib o‘tib, 12 ta shart bo‘yicha ko‘rsatilgan meyorlarni mahorat bilan bajarishdi. Harbiylardan jangovar va jismoniy tayyorlarlik, mutaxassis sifatida mahoratni ko‘rsatish talab etildi.
Umumiy natijalarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi jamoasi birinchi, Xitoy jamoasi ikkinchi, yurtimiz harbiy xizmatchilari esa uchinchi o‘rinni egallashdi.
G‘olib va sovrindorlarga medal hamda xalqaro armiya o‘yinlarining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur musobaqada O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ikkinchi bor ishtirok etib, o‘tgan yilgi natijani saqlab qolishdi.