Yirik dvigatelli avtomobillar uchun bojxona boji pasaytirildi

CC0 / Unsplash / Zakaria Zayane / Fara avtomobilya. Illyustrativnoe foto
Fara avtomobilya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2022
Obuna bo‘lish
Ishlab chiqarilganiga 1-yil to‘lmagan, dvigatel sig‘imi esa 3000 sm3 dan katta bo‘lgan avtomobillar importi uchun bojxona boji 30 foizdan 15 foizga pasaytirildi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekistonga dvigatel sig‘imi 3 litrdan ortiq bo‘lgan hamda gibrid avtomobillarni olib kirish arzonlashadi. Bu prezident 15-aprel kuni imzolagan qarorda ko‘zda tutilgan.
Qaror bilan dvigatel sig‘imi 3000 sm³ dan katta bo‘lgan avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi ikki bosqichda pasaytirilmoqda.
15 apreldan 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tushirildi; avtomobil dvigateli quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham ikki barobar (3 dollardan 1,5 dollarga) kamaytirildi.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, avtomobil dvigateli quvvatiga bog‘langan qo‘shimcha koeffitsiyentlar yana bir bor pasaytiriladi (1,5 dollardan 1,25 dollarga), 15 foizlik asosiy boj stavkasi esa o‘zgarishsiz qoladi.
Yangi tartib ishlab chiqarilgan sanasidan O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tgan kungacha 1-yildan ortiq vaqt o‘tmagan avtotransport vositalariga taalluqli.
Bundan tashqari, gibrid avtomobillar (ham ichki yonuv dvigateli, ham elektr dvigateliga ega avtomobillar) uchun birinchi marta bojxona stavkalari belgilandi.
Endilikda gibrid avtomobillarni import qilish uchun dvigatel turiga va ishlab chiqarilgan muddatiga qarab avtomobil narxining 15 foizidan 30 foizigacha boj to‘lash kerak bo‘ladi. Ilgari bu turdagi avtomobillar uchun ham dvigatel quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar to‘lanar edi.
Hujjatning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida avtomobillar importi uchun boj to‘lovlarini ikki bosqichda ikki baravar kamaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Biroq bu faqat dvigatel ish hajmi 3000 kub santimetrgacha bo‘lgan transport vositalariga tegishli edi. Boj to‘lovlarining kamayishi bojxona rasmiylashtiruvi narxini 30-40 foizga arzonlashtirishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0