TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi xonadonlarning birida noqonuniy ravishda sher bolasi saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.16 aprel kuni Toshkent tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga shu tumanda yashovchi fuqaro o‘zi yashayotgan uy hovlisida xavfsizlik qoidalariga amal qilmay Afrika sheri bolasini boqayotgani haqidagi xabar kelib tushgan.Murojaatga asosan tezkorlik bilan guruh shakllantirilib, aytilgan manzilda o‘rganish olib borilgan. Natijada holat o‘z tasdig‘ini topgan. Bu uyda vaqtincha yashovchi, poytaxtda doimiy ro‘yxatda turgan fuqaro Sh.A. (2004 yilda tug‘ilgan) Afrika sheri bolasini boqayotgani ma’lum bo‘lgan.Fuqaro sher bolasini olib kelish, saqlashga oid hech qanday hujjatlari yo‘qligini ma’lum qilgan. U o‘zining qiziqishi tufayli yirtqichni hovlisida boqib kelgan.Sher bolasi sud qarori qabul qilinguniga qadar vaqtincha saqlash uchun pitomnikka topshirilgan.Hozir surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
18 yoshli yigit qiziqishi tufayli yirtqichni hovlisida boqib kelgan. Uni saqlashga oid biror bir hujjati bo‘lmagan.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi xonadonlarning birida noqonuniy ravishda sher bolasi saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
16 aprel kuni Toshkent tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga shu tumanda yashovchi fuqaro o‘zi yashayotgan uy hovlisida xavfsizlik qoidalariga amal qilmay Afrika sheri bolasini boqayotgani haqidagi xabar kelib tushgan.
Murojaatga asosan tezkorlik bilan guruh shakllantirilib, aytilgan manzilda o‘rganish olib borilgan. Natijada holat o‘z tasdig‘ini topgan. Bu uyda vaqtincha yashovchi, poytaxtda doimiy ro‘yxatda turgan fuqaro Sh.A. (2004 yilda tug‘ilgan) Afrika sheri bolasini boqayotgani ma’lum bo‘lgan.
Fuqaro sher bolasini olib kelish, saqlashga oid hech qanday hujjatlari yo‘qligini ma’lum qilgan. U o‘zining qiziqishi tufayli yirtqichni hovlisida boqib kelgan.
Sher bolasi sud qarori qabul qilinguniga qadar vaqtincha saqlash uchun pitomnikka topshirilgan.