https://oz.sputniknews.uz/20220417/rossiya-qk-mariupoldagi-millatchilarga-qurollarini-topshirishni-taklif-qildi-24024570.html
Rossiya QK Mariupoldagi millatchilarga qurollarini topshirishni taklif qildi
Rossiya QK Mariupoldagi millatchilarga qurollarini topshirishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi qurolini topshirgan ukrainalik harbiylarga ular hayotda qolishlariga kafolat berishini ma’lum qilgan. 17.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-17T11:52+0500
2022-04-17T11:52+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/11/24024389_0:148:3377:2048_1920x0_80_0_0_2e153a791c53076c0b8bf20e08bec0d8.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari (QK) Mariupoldagi “Azovstal” metallurgiya kombinatida qurshovda qolgan millatchilar va xorijlik yollanma askarlarga 17-aprel kuni qurollarini topshirishni taklif qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.Vazirlik qurolini topshirganlarga ular hayotda qolishlariga kafolat berilishini ta’kidlagan.Sukunat rejimi soat 06:00 da boshlanadi. Bu vaqtda har ikki tomon bayroqlarini ko‘tarishlari kerak: Rossiya tomoni – qizil, ukrainalik harbiylar – oq.Ukraina qurolli bo‘linmalari hamda xorijlik yollanmalar soat 06:00 dan boshlab soat 13:00 gacha (Moskva vaqti bilan) hech qanday qurolsiz va o‘q-dorisiz o‘z pozitsiyalaridan chiqishlari kerak.Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy Kiyev Mariupoldagi “Azovstal” metallurgiya kombinatida qurshovda qolgan millatchilarga ular Rossiya QKga asirga tushishga urinishmoqchi bo‘lishsa, otib tashlash bilan tahdid qilayotganini qayd etgan.Mariupoldagi birinchi ming nafar asir – UQK to‘liq tor-mor etilishining boshlanishi13 aprel kuni Mariupol shahrida 1026 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda qurollarini topshirib, asirga tushishgani xabar qilingan edi. Ertasi kuni Rossiya Mudofa vazirligi yana 134 nafar ukrainalik harbiy asirga tushganini ma’lum qildi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/11/24024389_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_912b8d8eb5e992bd21110384e2b92047.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, rossiya
Rossiya QK Mariupoldagi millatchilarga qurollarini topshirishni taklif qildi
11:52 17.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Rossiya Mudofaa vazirligi qurolini topshirgan ukrainalik harbiylarga ular hayotda qolishlariga kafolat berishini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari (QK) Mariupoldagi “Azovstal” metallurgiya kombinatida qurshovda qolgan millatchilar va xorijlik yollanma askarlarga 17-aprel kuni qurollarini topshirishni taklif qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar bermoqda. “Azovstal” metallurgiya kombinatida yuzaga kelgan halokatli vaziyatni inobatga olib hamda insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, Rossiya Qurolli kuchlari millatchi batalonlar jangarilari va xorijlik yollanmalarga 2022-yil 17-aprel kuni Moskva vaqti soat 06:00 dan har qanday jangovar harakatlarni to‘xtatish va qurollarni topshirishni taklif qiladi”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik qurolini topshirganlarga ular hayotda qolishlariga kafolat berilishini ta’kidlagan.
Sukunat rejimi soat 06:00 da boshlanadi. Bu vaqtda har ikki tomon bayroqlarini ko‘tarishlari kerak: Rossiya tomoni – qizil, ukrainalik harbiylar – oq.
Ukraina qurolli bo‘linmalari hamda xorijlik yollanmalar soat 06:00 dan boshlab soat 13:00 gacha (Moskva vaqti bilan) hech qanday qurolsiz va o‘q-dorisiz o‘z pozitsiyalaridan chiqishlari kerak.
Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy Kiyev Mariupoldagi “Azovstal” metallurgiya kombinatida qurshovda qolgan millatchilarga ular Rossiya QKga asirga tushishga urinishmoqchi bo‘lishsa, otib tashlash bilan tahdid qilayotganini qayd etgan.
13 aprel kuni Mariupol shahrida 1026 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda qurollarini topshirib, asirga tushishgani xabar
qilingan edi. Ertasi kuni Rossiya Mudofa vazirligi yana 134 nafar ukrainalik harbiy asirga tushganini ma’lum qildi.