O‘zbekistonlik gimnastikachilar Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

© Foto: NOK UzbekistanaKubok mira po xudojestvennoy gimnastike
Kubok mira po xudojestvennoy gimnastike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2022
Obuna bo‘lish
Yosh o‘zbekistonlik gimnastikachi Taxmina Ikromovaning o‘zi ushbu musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Unda 15 ta mamlakat vakillari ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
© Foto: NOK UzbekistanaGimnastka sbornoy Uzbekistana Taxmina Ikromova (v seredine)
Gimnastka sbornoy Uzbekistana Taxmina Ikromova (v seredine) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2022
Gimnastka sbornoy Uzbekistana Taxmina Ikromova (v seredine)
Yosh o‘zbekistonlik gimnastikachi Taxmina Ikromova ko‘pkurash, halqa va bulava mashqlarida oltin, tasmada esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Ikromovaning o‘zi ushbu musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ra’no Muhamedova va Nilufar Shomurodova qo‘l ostida shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik sportchilar dastlab ko‘pkurash dasturida, so‘ng 5 halqa mashqida kumush, 3 tasma va 2 to‘p dasturida esa oltin medalga ega chiqishdi.
“Shu tariqa, mazkur bosqichda terma jamoamiz 4 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu musobaqada Armaniston, Avstraliya, Ozarbayjon, Bolgariya, Kolumbiya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Latviya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, AQSh kabi davlatlar vakillari ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0