https://oz.sputniknews.uz/20220417/ozbekistonda-kiberxavfsizlik-qonun-bilan-tartibga-solindi-24022846.html
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik qonun bilan tartibga solindi
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik qonun bilan tartibga solindi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi. 17.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-17T09:54+0500
2022-04-17T09:54+0500
2022-04-17T09:54+0500
siyosat
o‘zbekiston
kiberxavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/11/24022818_0:89:3076:1819_1920x0_80_0_0_44fb2ae3edd55c45b251a841fafe5fde.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.Qonunga ko‘ra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini ta’minlashda ustuvor hisoblanadi.Qonunga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborotni olish huquqiga ega.Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslari ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlash ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning saqlanish muddati oxirgi 3 oydan kam bo‘lmasligikerak.Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik subyektlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim:Ekspertiza o‘tkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.Axborot tizimlari va resurslarida aniqlangan zaifliklar, kibertahdidlar, kiberhujumlar hamda boshqa buzg‘unchilik harakatlari to‘g‘risidagi, shuningdek axborotlashtirish obyektlari haqidagi axborot ularni himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilganidan keyin kiberxavfsizlik subyektining ruxsati bilan oshkor qilinishi mumkin.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.Eslatib o‘tamiz, Senat yigirma to‘rtinchi yalpi majlisda “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullagan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/11/24022818_181:0:2680:1874_1920x0_80_0_0_b4425283aed6fe5fbbe050ef8f59a378.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, kiberxavfsizlik
siyosat, o‘zbekiston, kiberxavfsizlik
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik qonun bilan tartibga solindi
Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunni
imzoladi. Qonunga ko‘ra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini ta’minlashda ustuvor hisoblanadi.
Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini prezident belgilaydi. Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Qonunga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborotni olish huquqiga ega.
Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslari ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlash ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning saqlanish muddati oxirgi 3 oydan kam bo‘lmasligikerak.
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik subyektlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim:
davlat organlarining axborot resurslari;
davlat organlarining axborot tizimlari;
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari.
Ekspertiza o‘tkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Axborot tizimlari va resurslarida aniqlangan zaifliklar, kibertahdidlar, kiberhujumlar hamda boshqa buzg‘unchilik harakatlari to‘g‘risidagi, shuningdek axborotlashtirish obyektlari haqidagi axborot ularni himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilganidan keyin kiberxavfsizlik subyektining ruxsati bilan oshkor qilinishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Senat yigirma to‘rtinchi yalpi majlisda “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunni
ma’qullagan edi.