https://oz.sputniknews.uz/20220417/jismoniy-shaxsning-shaxsiy-identifikatsiya-raqamini-aniqlash-va-berish-tartibi-tasdiqlandi-24025624.html
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
1 iyundan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) berishga oid davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
2022-04-17T12:45+0500
2022-04-17T12:45+0500
2022-04-17T12:52+0500
jamiyat
jshshir (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/938/03/9380346_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_858c92aa8b8ed00f7a9e0b4bee7e9b9f.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekistonda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi. Hukumat tegishli qarorni 12-aprel kuni qabul qildi.Hujjat bilan JShShIRni aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglament tasdiqlandi:Davlat personallashtirish markazi va AKT vazirligiga tegishli hamkor tashkilotlar bilan 1-iyunga qadar JShShIRni berish bo‘yicha axborot tizimlarini integratsiya qilish vazifasi yuklatilgan.1 iyundan boshlab shaxsiy identifikatsiya raqamini berishga oid davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.9 apreldan boshlab jismoniy shaxslar to‘lov hujjatlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) o‘rniga JShShIRni ko‘rsatishlari kerak.JShShIR fuqarolarning biometrik pasportida ko‘rsatilgan va u pastki qatorda joylashgan. 14 ta raqamdan iborat. Shuningdek, u ID kartaning orqa tomonida "Shaxsiy raqam / Personal number" yozuvi ostida ko‘rsatilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/938/03/9380346_164:0:1064:675_1920x0_80_0_0_0969e4c7d02d073470d67d09423fd34c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami jshshir aniqlash olish
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami jshshir aniqlash olish
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi
12:45 17.04.2022 (yangilandi: 12:52 17.04.2022) 1 iyundan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) berishga oid davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekistonda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi. Hukumat tegishli qarorni 12-aprel kuni
qabul qildi. Hujjat bilan JShShIRni aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglament tasdiqlandi:
O‘zbekiston hududida tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida;
chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasi berilganda;
chet davlat fuqarosiga O‘zbekiston hududida vaqtincha bo‘lib turganda yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotganda;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda;
chet davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston fuqarolari, ularning farzandlari, chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga.
Davlat personallashtirish markazi va AKT vazirligiga tegishli hamkor tashkilotlar bilan 1-iyunga qadar JShShIRni berish bo‘yicha axborot tizimlarini integratsiya qilish vazifasi yuklatilgan.
1 iyundan boshlab shaxsiy identifikatsiya raqamini berishga oid davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
9 apreldan boshlab jismoniy shaxslar to‘lov hujjatlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) o‘rniga JShShIRni
ko‘rsatishlari kerak.JShShIR fuqarolarning biometrik pasportida ko‘rsatilgan va u pastki qatorda joylashgan. 14 ta raqamdan iborat. Shuningdek, u ID kartaning orqa tomonida "Shaxsiy raqam / Personal number" yozuvi ostida ko‘rsatilgan.