Rossiya Boris Jonsonni "qora ro‘yxat"ga kiritdi

© REUTERS / UK Parliament / Jessica TaylorBritanskiy premyer-ministr Boris Djonson
Britanskiy premyer-ministr Boris Djonson - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni qora ro‘yxatga kiritdi.
Rossiya London sanksiyalariga javoban Britaniya hukumatining asosiy a’zolari va bir qator siyosiy arboblarni, jumladan, bosh vazir Boris Jonson va Tashqi ishlar vaziri Elizabet Trussni Rossiyaning “stop listi”ga kiritdi. Bu haqda Rossiya TIV xabar qildi.
“Britaniya hukumatining misli ko‘rilmagan dushmanlik harakatlari munosabati bilan, xususan, Rossiya Federatsiyasining yuqori mansabdor shaxslariga nisbatan sanksiyalar qo‘llangani sababali Britaniya hukumatining asosiy a’zolari va bir qator siyosiy arboblarni ham “qora ro‘yxat”ga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, - deyilgan bayonotda.
Bayonotga Rossiyaga kirish taqiqlangan Britaniya amaldorlari ro‘yxati qayd etilgan. Ular orasida bosh vazir Boris Jonson, tashqi ishlar vaziri Elizabet Truss, mudofaa vaziri Ben Uolles.
Shuningdek, adliya vaziri Dominik Raab, moliya vaziri Rishi Sunak, ichki ishlar vaziri Priti Patelning ismlari ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0