O‘zbekistonliklar “O‘lmas polk”da onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin

© Sputnik"Bessmertniy polk" v Tashkente
Bessmertniy polk v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2022
Obuna bo‘lish
“O‘lmas polk” aksiyasida onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekiston va boshqa davlatlar fuqarolari “O‘lmas polk” aksiyasida onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin. Hozir ko‘ngillilar jamoasi tuzilmoqda.
Rossiya Davlat Dumasi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, jamoat va diniy birlashmalar masalalari qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Olga Zankoning aytishicha, ayrim davlatlarda “O‘lmas polk”ni o‘tkazish taqiqlanishi mumkin. Oxirgilardan Latviya – u yerda G‘alaba kunini nishonlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi.
"Agar, masalan, mamlakatingizda "O‘lmas polk" taqiqlangan bo‘lsa, siz yaqin qahramoningizning suratini va u haqda ma’lumot yuborishingiz mumkin. Ko‘ngillilarimiz uning suratini "O‘lmas polk"da olib yurishga yordam beradi”, - dedi u.
Hozirda Qatar, Livan, Serbiya va boshqa davlatlarda ko‘ngillilar tayyorlanmoqda.
Rossiyada bu yilda yurish an’anaviy formatda o‘tkaziladi. So‘nggi 2-yil ichida "O‘lmas polk" marshi koronavirus pandemiyasi tufayli o‘tkazilmadi. Aksiya faqat onlayn formatda o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0