https://oz.sputniknews.uz/20220416/britaniya-spetsnaz-instruktorlari-yana-kievda-ukraina-harbiylarini-tayyorlashni-boshladi-24014642.html
Britaniya spesnaz instruktorlari yana Kiyevda Ukraina harbiylarini tayyorlashni boshladi
Britaniya spesnaz instruktorlari yana Kiyevda Ukraina harbiylarini tayyorlashni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Britaniya kuchishlatar bo‘linmalari Kiyev va uning atrofida Ukraina qo‘shinlarini o‘qitishni qayta boshladi, deb xabar bermoqda The Times nashri.
2022-04-16T09:47+0500
2022-04-16T09:47+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
buyuk britaniya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23954432_0:160:3075:1890_1920x0_80_0_0_7c9d63ed711bce394f5a6a927e82b725.jpg
Britaniya kuchishlatar bo‘linmalari Kiyev va uning atrofida Ukraina qo‘shinlarini o‘qitishni qayta boshladi, deb xabar berdi The Times nashri. RIA Novosti.Ukraina qo‘shinlari ikki batalonining zobitlari nashrga ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta va avvalgi hafta ular Buyuk Britaniya Maxsus havo xizmati (SAS) instruktorlari rahbarligida harbiy tayyorgarlikdan o‘tishdi.Kiyevning Obolonskiy tumanida joylashgan batalon kapitani Yuriy Mironenkoning aytishicha, britaniyalik harbiy instruktorlar Ukraina qo‘shinlariga NLAW tankga qarshi raketalardan foydalanishni o‘rgatish uchun kelishdi. AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli avvalroq amerikaliklar o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Ukraina harbiylariga 60 ming tankga qarshi va 25 ming zenit tizimini yuborganini aytgandi.Nashr fevral oyida britaniyalik harbiy instruktorlar Ukraina hududini tark etgandi, deb eslatdi.Britaniya Mudofaa vazirligi instruktorlarning qaytishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlashdan bosh tortdi.Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atadi. Buning uchun uning so‘zlariga ko‘ra, “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish”ni amalga oshirish rejalashtirilgan.Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 25-mart holatiga Qurolli kuchlar maxsus operatsiyaning birinchi bosqichining asosiy vazifalarini bajardi — Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada pasaytirildi. Rossiya harbiy idorasida operatsiyaning asosiy maqsadi - Donbassni ozod qilish.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23954432_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_299d944d646d23f6fbc093062ce46e30.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
britaniya instruktorlari ukraina harbiylar tayyorlashni boshladi
britaniya instruktorlari ukraina harbiylar tayyorlashni boshladi
Britaniya spesnaz instruktorlari yana Kiyevda Ukraina harbiylarini tayyorlashni boshladi
09:47 16.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) The Times: SAS britaniyalik instruktorlari Ukraina qo‘shinlarini Kiyevda o‘qitishni qayta boshladilar.
Britaniya kuchishlatar bo‘linmalari Kiyev va uning atrofida Ukraina qo‘shinlarini o‘qitishni qayta boshladi, deb xabar berdi The Times nashri.
RIA Novosti.
Ukraina qo‘shinlari ikki batalonining zobitlari nashrga ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta va avvalgi hafta ular Buyuk Britaniya Maxsus havo xizmati (SAS) instruktorlari rahbarligida harbiy tayyorgarlikdan o‘tishdi.
Kiyevning Obolonskiy tumanida joylashgan batalon kapitani Yuriy Mironenkoning aytishicha, britaniyalik harbiy instruktorlar Ukraina qo‘shinlariga NLAW tankga qarshi raketalardan foydalanishni o‘rgatish uchun kelishdi. AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli avvalroq amerikaliklar o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Ukraina harbiylariga 60 ming tankga qarshi va 25 ming zenit tizimini yuborganini aytgandi.
Nashr fevral oyida britaniyalik harbiy instruktorlar Ukraina hududini tark etgandi, deb eslatdi.
Britaniya Mudofaa vazirligi instruktorlarning qaytishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlashdan bosh tortdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atadi. Buning uchun uning so‘zlariga ko‘ra, “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish”ni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 25-mart holatiga Qurolli kuchlar maxsus operatsiyaning birinchi bosqichining asosiy vazifalarini bajardi — Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada pasaytirildi. Rossiya harbiy idorasida operatsiyaning asosiy maqsadi - Donbassni ozod qilish.