Zarafshon va Chirchiq darolaridagi qum-shag‘al karyerlari to‘xtatildi
© Iz lichnogo arxiva Andreya ZaxvatovaRazrabotka novix mestorojdeniy zolota, arxivnoe foto
© Iz lichnogo arxiva Andreya Zaxvatova
Obuna bo‘lish
Yer osti suv olish inshootlari yaqinida va sanitar zonalarida joylashgan qum shag‘al karerlari faoliyati to‘xtatiladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Zarafshon va Chirchiq darolarining ichimlik suvi ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan uchastkalarda noruda materiallarini qazib oluvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati to‘xtatildi. Bu haqida “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
“Inshootlar yaqinida qum shag‘al karerlari mavjudligi suvlarining pasayishiga ta’sir etadi. O‘rganish ishlari davomida ushbu inshootlarning kuzatuv quduqlarida yer osti suv sathi pasayganligi aniqlandi. Suvlarning pasayishi aholining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatayotgan qo‘lbola quduqlardagi suv sathiga ta’sir etmoqda”, - deyiladi xabarda.
Xususan, Toshkent viloyatidan oqib o‘tgan Chirchiq darosi Chirchiq yer osti chuchuk suvlar konini doimiy to‘yintirib turadi. Ushbu konda 5 ta yer osti guruhli ichimlik suvi olish inshootlaridan 3 tasi daryo o‘zanida joylashgan.
Zarafshon darosining mamlakatga kirib kelish nuqtasi –“Ravatxo‘ja” to‘g‘onidan Kattaqo‘rg‘on shahrigacha bo‘lgan oralig‘ida “Zarafshon darosining hozirgi havzasi” yer osti suv koni joylashgan. Ushbu konga jami 16 ta guruhli yer osti suv olish inshootlari bog‘langan bo‘lib, shundan 4 tasi Zarafshon darosi o‘zaniga juda yaqin joylashgan.
Gidrogeologik o‘rganish natijasida quyidagicha xulosa qilingan:
Qazish ishlari davomida katta maydonlarda yerosti suvli qatlamlarini ochish, tevarak-atrofda, ya’ni 100-500 m radiusdagi yer osti grunt suvlari sathining 1-2 metrga pasayishiga olib keladi. Qazish ishlarida texnologik reglament talablariga qat’iy rioya qilish lozim.
Zarafshon darosi bo‘yidagi "Dagbit suv olish inshooti" 3-uchastkasining 1-sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan hududda qazish ishlarini to‘xtatish va rekultivatsiya qilish lozim.
Yerosti suv olish inshootlarining 2-sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan karyerlardagi qazib olish ishlari yerosti suvlarining (mikrobli) ifloslanishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olib, ushbu hududlarda qazish ishlarini cheklash tavsiya etilgan.
Ma’lumot uchun, suv tanqisligi, o‘z navbatida, ichimlik suvi tanqisligiga olib keladi. So‘nggi 15-yil ichida aholi jon boshiga yillik suv hajmi 3048 m3 dan 1589 m3 gacha kamaygan. Jahon bankining tahliliy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 2050-yilga borib O‘zbekistonda suv tanqisligi besh barobarga oshadi.