Yaqin 4-yilda muqobil energiya ishlab chiqarish 40 barvar oshadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSolnechnie paneli
Solnechnie paneli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2026-yilga kelib barcha manbaalardan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyas quvvati 27 400 megavatni tashkil qiladi.
TOShKENT, 15 apr - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 3-yilda umumiy quvvati 8 905 megavattga teng bo‘lgan issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan 19 ta bitim imzolandi, deb xabar qildi Energetika vazirligi.
Ta’kidlash kerakki, tizimli ishlar natijasida 2026-yilga borib yurtimizda umumiy quvvati 8 000 megavattga teng bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari, 868 megavattquvvatga ega gidroelektr stansiyalari hamda 6 008 megavattga teng yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Natijada O‘zbekistonda ishlab chiqarish quvvatlari 27 400 megavattga yetkaziladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda birinchi quyosh elektr stansiyasi Buxoroning Karmana tumanida quyosh stansiyasi ishga tushirilgan (quvvati 100 megavat) hamda yaqin vaqt ichida Samarqand viloyatida yana bir 100 megavattli ana shunday stansiya ishga tushishi kutilmoqda.
2023 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1 197 megavatt bo‘lgan 5 ta muqobil elektr energiya manbaalari ishga tushiriladi. Xususan Qoraqalpog‘istonda (shamol 100MVt), Surxondaryoda (quyosh 457 MVt), Jizzaxda (quyosh 220 MVt) Samarqandda (quyosh 220 MVt) va Navoiyda (quyosh 200 MVT) megavatt bo‘lgan stansiyalar ishga tushiriladi.
Undan tashqari, 2024-yilda Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 megavattdan bo‘lgan 2 ta (jami 1 000 MVt) va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
Vazirlik xabarida aytilishiga kshra 2017-2026yillar davomida, ya’ni oxirgi 10-yilda18 324 megavatt yoki besh yarim baravar ko‘p yangi quvvatlar ishga tushiriladi. Bu 1991-yildan 2016-yilga qadar ishga tushirilgan yangi quvvatlardan (3 300 megavat) 5 baravar ko‘p bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0