Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainaga 25ta davlat qurol yetkazib bermoqda - Tergov qo‘mitasi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSoldati NATO
Soldati NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi bir yarim oy ichida Amerika Qo‘shma Shtatlari Kiyevga 1,65 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib bergan.
TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi 25 ta davlatdan Ukrainaga qurol yetkazib berilgani haqida ma’lumot oldi, deb xabar qilmoqda qo‘mitasi matbuot xizmati.
"Tekshiruv davomida 25 ta davlatdan qurol yetkazib berilgani haqida ma’lumot olindi, ulardan 21 tasi NATOga a’zo davlatlar”, — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, xorijlik harbiy instruktorlar Ukraina armiyasi va millatchi bo‘linmalarini jangovar harakatlarga tayyorlashda faol ishtirok etgan.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov so‘nggi bir yarim oy ichida Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 1,65 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berganini ma’lum qilgandi.
Pentagon va G‘arb davlatlari Ukrainaga kuniga 8-10ta parvozlar bilan va “deyarli doimiy ravishda avtokarvonlar” yordamida qurol-yarog‘ yetkazib berayotgani haqida xabar berdi.
Bundan tashqari, Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, AQSh Rossiyadan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga aralashish urinishlarini qayd etmagan.
Yangiliklar lentasi
0