“Sitorai Mohi Xossa”dagi restavratsiya ishlarini prokuratura o‘rganmoqda

© varandejKompleks "Sitorai Moxi xossa" v Buxare i pavlini
Kompleks Sitorai Moxi xossa v Buxare i pavlini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna bo‘lish
Sitorai Mohi Xossa tarixiy majmuasida restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilishi natijasida saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgan.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida hamda “Sitorai Mohi Xossa” tarixiy majmuasida restavratsiya ishlarini o‘rgandi.
Buxorodagi "Sitorai Mohi Xossa" tarixiy majmuasining restavratsiya ishlari holatini o‘rganish davomida ta’mirlash ishlari madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish talablariga zid ravishda olib borilgani aniqlandi.
“Ta’mirlash-restavratsiya loyihalari maxsus Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishilmagan, tegishli ruxsatnomalar olinmagan va yana bir qator talablar qo‘pol ravishda buzilgan. Majmuada restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgan”, deyiladi xabarda.
Agentlik tomonidan har ikki obida bo‘yicha o‘rganish ishlari yakunlari huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi. Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan “Sitorai Mohi Xossa” bo‘yicha mutasaddi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.
Undan tashqari, Xivadagi "Ichan-Qal’a" davlat muzey-qo‘riqxonasida ayrim ashyolarning tavsiflariga o‘zgartirishlar kiritilganligi yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topildi.
“Ashyolarni muzey fondiga qabul qilish dalolatnomalarining 1994-yilgacha bo‘lgan qismi muzeyning mas’ul xodimlari tomonidan Ishchi guruhga taqdim etilmadi. O‘rganish davomida noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan o‘tkazilganda jami 101 ta muzey ashyosi kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmagan”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 110-sonli qarori bilan bu yil madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirishga 117,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0