Rossiyaga qarshi provokatsiyalarning ortida kim turibdi?
21:07 15.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023)
Obuna bo‘lish
G‘arb siyosatchi va harbiylari izchil strategiyaga ega - agar qandaydir texnika yoki ig‘vo yaxshi natija bersa, ularni yana qo‘llanilishiga shubha qilmaslik kerak.
“G‘arb Rossiya armiyasini kimoviy quroldan foydalangan deya ayblab Ukrainada provokatsiya tayyorlamoqda”, - deydi Federal kengash raisi o‘rinbosari Konstantin Kosachev RIA Novosti agentligiga bergan intervusida. Uning ta’kidlashicha, diversiya NATOga Moskvani yevropaliklar va amerikaliklar nazarida qoralash, bundan ham qattiqroq sanksiyalarni qo‘llash uchun kerak. Tahdid anchayin haqqoniy, chunki Brussel va Vashingtonning bunday “sahnalashtirish” tashkillashtirish bo‘yicha katta tajribasi bor.
"Qizil chiziq"
AQSh prezidenti Jo Bayden mart oyi oxirida “agar Rossiya kimoviy qurol ishlatsa” Ukrainadagi qurolli mojaroga NATOning bevosita aralashishi mumkinlikini ta’kidladi. AQSh prezidentiga Germaniya kansleri Olaf Shols va Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg ham kimoviy xatarli qurollardan foydalanish “qizil chiziq” ekanligi va u qo‘llansa, G‘arbdan “qattiq va munosib javob” kutishi kerakligini aytib jo‘r bo‘ldi.
Albatta, ular Ukrainaga askar yuborishni va’da bermadi, chunki Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv yadro urushiga aylanib ketishini bilishadi. Biroq, “kimoviy qurollar sahnalashtirish” Vashington va Brusselga sanksiyalar, siyosiy va iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish uchun kerak.
“G‘arb mamlakatlarida kundan-kunga ichki bosim kuchayib bormoqda, - deydi Konstantin Kosachev, ularning o‘zlariga ta’sir qiladigan sanksiyalarni qabul qilish kerak, sugsvang vaziyati yuzaga kelyapti. - Asosiy mahsulotlar va benzin narxining ko‘tarilayotgani va bu davom etayotganini oqlash uchun aholiga mutlaqo dahshatli narsani ko‘rsatishga to‘g‘ri kelyapti. Bu fonda hatto ommaviy qirg‘in qurollari ham kirib kelishi mumkin. G‘arb siyosatchilarining jangovar kimoviy zaharli moddalar haqidagi gaplari alohida tashvish uyg‘otadi”.
Amerikaliklar va ularning ittifoqchilari uchun kimoviy va bakteriologik “xarita” - eng sevimli casus belli. Davlat kotibi Kolin Pauell 2003-yil fevral oyida BMTda nutq so‘zlaganida “sibir yarasi batsillalari” bo‘lgan probirkani namoyish etdi, shundan so‘ng AQSh Iroqqa bostirib kirdi. Natijada u yerda ommaviy qirg‘in qurollari topilmadi. Ammo, BMT provokatsiyasi Bag‘dodga dahshatli vayronagarchilik va yuz minglab odamlarning halok bo‘lganiga olib keldi.
Suriya sabog‘i
Kimoviy qurollar 2013-yilning yozida Qo‘shma Shtatlar va ittifoqchilarining Suriyaga keng ko‘lamli intervensiyasiga aralashishiga bir bahya qolgandi. Avgust oyida Sharqiy G‘utada (Damashq chekkasida) noma’lum shaxslar zarin gazini sepgan – 600 dan 1300 kishigacha halok bo‘lgan. Amerikaliklar bunda Bashar Assad hukumatini aybladi va mudofaa korxonalariga raketa va havo zarbalari berish bilan tahdid qildi. Inqiroz Rossiyaning aralashuvi tufayli hal bo‘ldi: Moskva Damashqni harbiy kimoviy moddalar zaxiralarini xalqaro kuzatuvchilar nazorati ostida yo‘q qilishga ko‘ndirdi.
2017 yilga kelib, Suriyaning rasman e’lon qilingan barcha zaharli moddalar zahiralari yo‘q qilindi. Biroq 4-aprel kuni Idlib viloyatining Xon-Shayxun shahrida zarin otib chiqilishi sodir bo‘ldi - 89 nafar odam qurbon bo‘ldi, 550 kishi yaralangan. Ko‘pchilik jangarilar sherigi deb hisoblanadigan “Oq kaskalilar” jamoat tashkiloti vakillari G‘arb OAVlariga aviatsiya maxsus o‘q-dorilariga xos bo‘lgan to‘rtta “noodatiy kuchsiz portlash” haqida gapirib berishdi. Tabiiyki, yana Asadni ayblashdi.
Uch kundan keyin AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalari Suriyadagi Shayrat aviabazasiga “Tomagavk” qanotli raketalarini o‘qqa tutdi, bu yerdan go‘yoki kimoviy bomba uchoqlari uchib o‘tgan. Xon Shayxun voqeasi bo‘yicha tergov olib borilmadi ham. “Oq kaska”larning guvohliklarini ishonchli deb bo‘lmaydi, chunki bu “ko‘ngillilar” kimoviy urush qurollari bo‘yicha mutaxassis emas. Ammo ular sahnalashtirilgan otishmalar, qalbakiliklar va ochiq yolg‘onlar bilan bir necha bor qo‘lga tushgan professional piarchilardir.
Misol uchun, 2018-yilning yanvarb oyida, o‘sha “Oq kaskalilar"ga ko‘ra, Sharqiy G‘utadagi Duma shahrida kimoviy hujum natijasida 13 nafar tinch aholi, jumladan ayollar va voyaga etmaganlar jarohatlangan.
Dalil sifatida G‘arb OAVlari standart video ketma-ketlikni e’lon qilishdi: negadir har bir kadrda turli odamlar (va turli interyerlarda) kislorod niqobidagi bitta chaqaloq va zanglagan xvostovik va uning jangovar kallagi o‘rniga silindrsimon shisha stakan o‘rnatilgan g‘alati o‘q-dori tushgan. Bu oddiy armiya tipidagi snaradga emas, balki terrorchilar mohirona yasaydigan vaqtinchalik minomot minasiga juda o‘xshaydi.
Shunga qaramay, G‘arbda hech kim “Oq kaska”larning haqiqatiga shubha qilmadi. Vashington va Brussel har safar o‘zlarining yolg‘on va soxta xabarlarga ishora qilib, Asad hukumatiga bosimni oshirdi.
“Garov zarari”
Biroq, Ukraina va NATO maxsus xizmatlari arsenalida kimoviy hujumlardan ham kuchliroq qurollar bor. Rossiya maxsus operatsiyasining boshlanishidanoq G‘arb OAVlari tomoshabinlarni “qonxo‘r ruslar” ataylab turar-joy binolariga zarba berayotganiga va ko‘chalarda tinch aholini otib tashlayotganiga qat’iy ishontirmoqda. Fuqarolik infratuzilmasiga zarbalarning muntazam ravishda Ukraina Qurolli Kuchlari, Milliy batalon va, ayniqsa hududiy mudofaadan kelib tushayotgani butunlay inkor qilishmoqda.
Internetda Ukraina Qurolli Kuchlari qasddan artilleriyani turar-joylar binolariga joylashtirgani va mahalliy aholining evakuatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymayotgani, aholidan tirik qalqon sifatida foydalanishayotgani haqida ko‘plab dalillar bor. Ko‘rinib turibdiki, ularga buni xorijiy mamlakatlarda jang qilishga odatlangan va tinch aholining yo‘qolishini “garov zarari” deb ataydigan g‘arblik kuratorlari o‘rgatgan. Amerika samolyotlari Iroqning Mosul yoki Suriyaning Raqqa shahrini yakson qildi, biroq G‘arbda hech kim Vashingtonga sanksiyalar e’lon qilinishini talab qilmadi.
Ayniqsa, Yevropa va Amerika OAVlarida keng tarqalgan Kiyev viloyatidagi Bucha shahridan olingan “rasm” bunga dalolat bo‘ladi. 3-aprel kuni shaharga kirgan terbat jangarilari (Rossiya qo‘shinlari 30-martda uni tark etganidan keyin) to‘satdan o‘nlab tinch aholi jasadlarini, ommaviy qabrlarni, yerto‘lalarda qiynoqlar izlari bo‘lgan jasadlarni va ko‘chalarda boshqa dahshatlarni topishdi. Bu vahshiyliklar uchun birdan ruslar ayblandi.
Kramatorsk feyki
Biroq, ekspertlar Ukraina rasmiylari tomonidan tarqatilgan Bucha videolarida bir qator g‘alatiliklarga e’tibor qaratishdi. Birinchidan, o‘lganlarning jasadlari holatiga ko‘ra, ular Ukraina harbiylari kelishidan ko‘pi bilan ikki kun oldin o‘ldirilgan: parchalanish belgilari yo‘q. Ikkinchidan, jasadlarning aksariyatining qo‘liga oq bog‘ich bog‘langan va bu ruslar tomonidan qo‘llanilgan tanib olish belgisi. Uchinchidan, video kadrlardagi “o‘lik”larning bir qismi harakatlangan. To‘rtinchidan, jasadlarning aksariyati bir xil turdagi kiyimlarda va ko‘chaning chekka qismida yotibdi. Beshinchidan, 2-aprel kuni Buchaga tashrif buyurgan ukrainalik jurnalistlar hech qanday qirg‘in haqida xabar bermagan. Va bunday nomuvofiqliklar juda ko‘p.
“Kiyevda Donbass uchun janglar natijasini bezovtalik bilan kutishmoqda, - deydi siyosatshunos Andrey Suzdalsev. Ukraina va Qo‘shma Shtatlar mana shunday ochiq-oydin provokatsiyalar bilan maxsus operatsiyani to‘xtatishga harakat qilmoqda. Hatto ularning o‘rtasida raqobat ham bor: kim birinchi bo‘lib qiladi degan. Amerikaliklar uchun G‘arb dunyosi hukmronligini ko‘rsatish juda muhim. Ularning bir maqsadi bor - Rossiyani iblis qilib ko‘rsatish”.
Barcha spektakllar ham kerakli natija bilan tugagani yo‘q. Masalan, 8-aprel kuni Ukraina Qurolli Kuchlari Kramatorskdagi temir yo‘l stansiyasiga "Tochka-U" ballistik raketasi bilan zarba berdi. 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ukraina va G‘arb matbuoti, kutilganidek, Moskvani aybladi. Biroq aniq ajralib turadigan seriya raqami bo‘lgan raketa parchalarining fotosuratlari matbuotga keng tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘q-dorilar Ukraina arsenali tarkibida bo‘lgan. Keyin g‘arb jurnalistlari buyruqqa amal qilib Kramatorsk haqida gapirishni to‘xtatdi.
Yaqinda NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlari rasmiylari odamlarning ommaviy o‘limini “nomaqbul shaxslarni” jazolash uchun bahona sifatida ishlatgan. 1999-yil yanvarida Yugoslaviya politsiyasi Kosovoning Rechak qishlog‘ida reyd o‘tkazdi va 45 jangarini yo‘q qildi. Yevropa Ittifoqi komissiyasi ularni tinch aholi sifatida qayd etgan. Mana urush uchun bahona. 78 kunlik NATO havo kampaniyasida minglab odamlar halok bo‘ldi, mamlakat vayron bo‘ldi.
G‘arb siyosatchilari, harbiy va razvedka idoralari juda izchil strategiyaga ega. Agar qandaydir texnika, provokatsiya yoki soxta ishlar yaxshi natija bersa, ularni yana qo‘llanilishiga shubha qilmaslik kerak.