“Kitobxonlik haftaligi”dan qanday tadbirlar o‘rin olgan

© Shark ZiyokoriKnijnaya yarmarka
Knijnaya yarmarka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna bo‘lish
“Magic City” istirohat bog‘ida 18-23 aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkaziladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Toshkentda 18-23 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan kitobxonlik haftaligi davomida yangi “Mehr kutubxonasi” ijtimoiy loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
“Kitoblarning mazmun-mundarijasini boyitish, matbaa sifatini yaxshilash yuzasidan mualliflar, taniqli olimlar, yozuvchi va shoirlar, kitob grafikasi bo‘yicha mutaxassis rassomlar, munaqqidlar, noshirlar, matbaachilarning keng kitobxonlar ommasi bilan bevosita uchrashuvlari o‘tkaziladi”,-deydi AOKA direktori o‘rinbosari G‘ayrat Bozorov.
Xaftalik davomida rejalashtirilgan tadbirlar:
“Noshirlik ishini yangi bosqichga olib chiqish, nashriyotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi amaliy seminar.
“Kutubxonachilar va noshirlar hamkorligi”, “Bolalar adabiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolari”ga bag‘ishlangan ochiq muloqotlar .
Soha faollarini “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi.
Bu orqali respublikdagi Mehribonlik va Muruvvat uylarining kutubxonalariga kitoblar topshiriladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Haftalik tadbirlarining tantanali ochilish marosimi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida, boshqa barcha tadbirlar esa “Magic City” istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0