Iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma’muriyati soddalashtiriladi - prezident
17:37 15.04.2022 (yangilandi: 17:41 15.04.2022)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Iyundan tadbirkorlar ni tekshirish tartibi, ruxsatnoma berish va soliq ma’muriyati soddalashtiriladi, dedi prezident.
TOShKENT, 15 apr - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 1-iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma’murchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtirilishini e’lon qildi.
Majlisda e’lon qilinishiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida tadbirkorlarga qo‘yidagi yengilliklar beriladi:
mol-mulk solig‘ini hisoblash tizimi bozor tamoyillariga o‘tkazilganini inobatga olib, qo‘shimcha yuqori soliq stavkalarini qo‘llash tartibi bekor qilinadi.
aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasi dastlabki o‘rganishsiz, avtomatik tarzda beriladi.
bundan buyon tadbirkorlarga nisbatan 22 ta turdagi tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi (hozirgi kunda 159 turdagi tekshiruvdan 119 tasiga ruxsat olinadi).
yuqori xavf darajasi mavjud bo‘lgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi.
“Oxirgi soliq ma’murchiligi bo‘yicha o‘zgarishlar tadbirkorlar o‘rtasida ko‘plab tushunmovchilik va savollarni keltirib chiqardi. Shuning uchun, topshirig‘imga ko‘ra, Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi huzurida yirik tadbirkorlar, olimlar va faol jamoatchilar ishtirokida Jamoatchilik kengashi tuzildi”, - dedi Prezident.
Undan tashqari, ovqatlanish korxonalari uchun 200 dan ortiq sanitariya talablari mavjud bo‘lib, ularning 20 tasiga amal qilishning umuman imkoni yo‘q. Shu munosabat bilan sanitariya talablarini qayta ko‘rib chiqib, eskirgan talablarni bekor qilish, yetkazib berish xizmatlari bilan shug‘ullanadigan korxonalarga sanitariya talablarini soddalashtirish vazifasi qo‘yildi.