https://oz.sputniknews.uz/20220414/turkiya-tiv-rahbari-putin-va-zelenskiyning-uchrashish-ehtimoliga-baho-berdi-23982023.html
Turkiya TIV rahbari Putin va Zelenskiyning uchrashish ehtimoliga baho berdi
Turkiya TIV rahbari Putin va Zelenskiyning uchrashish ehtimoliga baho berdi
Sputnik O‘zbekiston
Chavusho‘g‘li Turkiya tomoni Rossiya va Ukraina yetakchilarining uchrashuvini tashkil etish uchun sa’y-harakat qilayotganini ta’kidladi. 14.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-14T17:25+0500
2022-04-14T17:25+0500
2023-04-05T18:37+0500
dunyoda
turkiya
mevlut chavusho‘g‘li
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23981813_0:124:3199:1923_1920x0_80_0_0_ff56178028960b0c45fcbbcaf3c6b575.jpg
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘li Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishini taxmin qildi.Chavusho‘g‘li Turkiya tomoni ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvini tashkil etish uchun sa’y-harakat qilayotganini ta’kidladi.Avvalroq Kreml vakili Dmitriy Peskov Kreml Rossiya prezidentining Zelenskiy bilan uchrashuvi imkoniyatini rad etmasligini ma’lum qilgan edi. Biroq bu uchrashuv bo‘lib o‘tishi uchun hujjat matni kelishilgan bo‘lishi zarur.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni cho‘zish va ularning borishini barbod qilishga urinayotganini ma’lum qilgan edi. Kiyev Istanbuldagi uchrashuvda qayd etilgan takliflardan chetga chiqishga urinmoqda.Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar 29-mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan edi. Unda tomonlar muzokaralarda oldinga siljish borligini qayd etishgan edi.
turkiya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23981813_235:0:2964:2047_1920x0_80_0_0_0362b8509bb0b9ee8aabf4ec28351f01.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, mevlut chavusho‘g‘li, ukraina, rossiya
dunyoda, turkiya, mevlut chavusho‘g‘li, ukraina, rossiya
Turkiya TIV rahbari Putin va Zelenskiyning uchrashish ehtimoliga baho berdi
17:25 14.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Chavusho‘g‘li Turkiya tomoni Rossiya va Ukraina yetakchilarining uchrashuvini tashkil etish uchun sa’y-harakat qilayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘li Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishini taxmin qildi.
“Men bu uchrashuv yaqin deb hisoblayman. Barchasi Putin roziligi va pozitsiyasiga bog‘liq. Umuman olganda Rossiya yetakchisi qarshi emas (uchrashishga)”, - dedi u
NTV telekanaliga bergan intervyusida.
Chavusho‘g‘li Turkiya tomoni ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvini tashkil etish uchun sa’y-harakat qilayotganini ta’kidladi.
Avvalroq Kreml vakili Dmitriy Peskov Kreml Rossiya prezidentining Zelenskiy bilan uchrashuvi imkoniyatini rad etmasligini ma’lum qilgan edi. Biroq bu uchrashuv bo‘lib o‘tishi uchun hujjat matni kelishilgan bo‘lishi zarur.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni cho‘zish va ularning borishini barbod qilishga urinayotganini
ma’lum qilgan edi. Kiyev Istanbuldagi uchrashuvda qayd etilgan takliflardan chetga chiqishga urinmoqda.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar 29-mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan edi. Unda tomonlar muzokaralarda oldinga
siljish borligini qayd etishgan edi.