https://oz.sputniknews.uz/20220414/tiv-ozbekiston-yamanda-ikki-oylik-sulh-va-ot-ochish-toxtatilganini-olqishlaydi-23967413.html
TIV: O‘zbekiston Yamanda ikki oylik sulh va o‘t ochish to‘xtatilganini olqishlaydi
TIV: O‘zbekiston Yamanda ikki oylik sulh va o‘t ochish to‘xtatilganini olqishlaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Yamanda BMT vositachiligida ikki oylik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonot bilan chiqdi.
2022-04-14T09:15+0500
2022-04-14T09:15+0500
2022-04-14T09:15+0500
siyosat
yaman
o‘zbekiston tiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/17/9051738_0:47:1200:722_1920x0_80_0_0_79a065a0391c4fc7ab27dbef5ef5d174.jpg
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston Yamanda BMT vositachiligida ikki oylik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonot bilan chiqdi.O‘zbekiston barcha kurashayotgan tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun vazmin bo‘lishga va siyosiy iroda ko‘rsatishga chorlagan.Yamanda 2014-yildan beri Saudiya Arabistoni boshchiligidagi hukumatparast koalitsiya va isonchi hutiy guruhlari o‘rtasida qurolli ziddiyat davom etmoqda. Yamanda ikki oylik sulh haqidagi kelishuv 1-aprel kuni imzolangan.BMTning 2021-yil noyabrdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Yamandagi urush oqibatida 377 ming kishi halok bo‘lgan, ularning 40 foizi bevosita jangovar harakatlar qurboniga aylangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/17/9051738_88:0:1112:768_1920x0_80_0_0_6d862ace83d977975f34f781b3f20c5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yaman sulh bayonot
o‘zbekiston yaman sulh bayonot
TIV: O‘zbekiston Yamanda ikki oylik sulh va o‘t ochish to‘xtatilganini olqishlaydi
Yamandagi mojarolar 2014-yildan beri davom etmoqda. Ikki oylik sulh haqidagi kelishuv 1-aprel kuni imzolangan.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston Yamanda BMT vositachiligida ikki oylik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonot
bilan chiqdi. “Harbiy harakatlarga vaqtinchalik moratoriy, shuningdek, ushbu mamlakatda qonuniylikni ta’minlash uchun ko‘rsatilgan qat’iyat Yamanda keng qamrovli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish yo‘lida murosaga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi deb hisoblaymiz”, - deyilgan bayonotda.
O‘zbekiston barcha kurashayotgan tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun vazmin bo‘lishga va siyosiy iroda ko‘rsatishga chorlagan.
Yamanda 2014-yildan beri Saudiya Arabistoni boshchiligidagi hukumatparast koalitsiya va isonchi hutiy guruhlari o‘rtasida qurolli ziddiyat davom etmoqda. Yamanda ikki oylik sulh haqidagi kelishuv 1-aprel kuni imzolangan.
BMTning 2021-yil noyabrdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Yamandagi urush oqibatida 377 ming kishi halok bo‘lgan, ularning 40 foizi bevosita jangovar harakatlar qurboniga aylangan.