https://oz.sputniknews.uz/20220414/rossiya-mudofaa-vazirligi-agar-ukraina-qoporuvchilikni-davom-ettirsa-kievga-zarba-beriladi-23968716.html
Rossiya Mudofaa vazirligi: agar Ukraina qo‘poruvchilikni davom ettirsa, Kiyevga zarba beriladi
Rossiya Mudofaa vazirligi: agar Ukraina qo‘poruvchilikni davom ettirsa, Kiyevga zarba beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiylari tomonidan Rossiyadagi obyektlarga qo‘poruvchilikka urinish davom ettirilgan taqdirda, Kiyevga zarba berish bilan tahdid... 14.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-14T10:34+0500
2022-04-14T10:34+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/03/23747697_0:0:3267:1839_1920x0_80_0_0_73198670cb04894e53433e1ae089f014.jpg
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Agar Rossiya hududida qo‘poruvchilikka bo‘lgan urinishlar davom ettirilsa, Rossiya Ukrainaning qaror qabul qiluvchi markazlariga zarba beradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi.Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlangandan buyon ukrainalik jangarilar bir necha marta Rossiyaning chegaradosh viloyatlarida qo‘poruvchilik uyushtirishdi. 29-mart kuni ular Belgorod viloyatiga “Tochka-U” raketalari bilan zarba berishdi. Buning oqibatida yong‘in yuzaga kelib, sakkiz kishi jarohatlandi. 1-aprel kuni Ukrainaning ikkita vertoloti Rossiya hududiga bostirib kirib, Belgoroddagi neft bazasini o‘qqa tutdi. Bundan tashqari, Belgorod viloyatida temir yo‘llariga zarar yetkazildi.Rossiyaning Belgorod, Kursk va Bransk viloyatlarida, Voronej viloyati va Krasnodar o‘lkasining ayrim tumanlarida hamda Qrim shimolida terrorchilik xavfining sariq darajasi joriy qilingan.Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/03/23747697_305:0:3036:2048_1920x0_80_0_0_5b503cf0a3706e96e6ef89568369bc8c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, rossiya
Rossiya Mudofaa vazirligi: agar Ukraina qo‘poruvchilikni davom ettirsa, Kiyevga zarba beriladi
10:34 14.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiylari tomonidan Rossiyadagi obyektlarga qo‘poruvchilikka urinish davom ettirilgan taqdirda, Kiyevga zarba berish bilan tahdid qildi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Agar Rossiya hududida qo‘poruvchilikka bo‘lgan urinishlar davom ettirilsa, Rossiya Ukrainaning qaror qabul qiluvchi markazlariga zarba beradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov
ma’lum qildi. "Ukraina harbiylari tomonidan Rossiya hududida joylashgan obyektlarga zarba berilishi va qo‘poruvchilikka bo‘lgan urinishlari ko‘rapmiz. Agar shunday holatlar davom etsa, Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan bu borada qaror qabul qilinadigan markazlar, xususan, Kiyevga ham zarbalar beriladi. Rossiya armiyasi hozirgacha bu ishdan tiyilib kelgandi”, - dedi Konashenkov.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlangandan buyon ukrainalik jangarilar bir necha marta Rossiyaning chegaradosh viloyatlarida qo‘poruvchilik uyushtirishdi. 29-mart kuni ular Belgorod viloyatiga “Tochka-U” raketalari bilan zarba berishdi. Buning oqibatida yong‘in yuzaga kelib, sakkiz kishi jarohatlandi. 1-aprel kuni Ukrainaning ikkita vertoloti Rossiya hududiga bostirib kirib, Belgoroddagi neft bazasini o‘qqa tutdi. Bundan tashqari, Belgorod viloyatida temir yo‘llariga zarar yetkazildi.
Rossiyaning Belgorod, Kursk va Bransk viloyatlarida, Voronej viloyati va Krasnodar o‘lkasining ayrim tumanlarida hamda Qrim shimolida terrorchilik xavfining sariq darajasi joriy qilingan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.