O‘zbekiston ECOSOC doirasida maxsus komissiya a’zosi etib saylandi

© Sputnik / Roman Maxmutov / Mediabankka o‘tishZasedanie Genassamblei OON
Zasedanie Genassamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2022
Obuna bo‘lish
Komissiya BMTning umumiy tizimi doirasida fan va texnologiyalar bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC)ning Rivojlanish maqsadlarida fan va texnologiyalar masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi etib saylandi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, komissiya a’zolarining saylovida mamlakat umumma’qullash yo‘li bilan 2023-2026 yillarda a’zolikka saylangan.
Yangi saylangan davlatlar, jumladan, O‘zbekiston 2023-yil 1-yanvardan boshlab Komissiya tarkibiga kiradi.
O‘zbekistonning komissiya a’zosi sifatida uning faoliyatiga faol jalb etilishi fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi eng muhim global tendensiyalarni ishlab chiqish, rejalashtirish va prognozlash bo‘yicha to‘plangan tajriba va ilg‘or uslublar bilan yanada yaqinroq tanishish imkonini beradi.
Komissiya BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining yordamchi organi hisoblanadi. Tuzilma 1992-yilda ushbu yo‘nalishdagi siyosatni takomillashtirish maqsadida Bosh Assambleya va ECOSOCga dolzarb ilmiy, texnik, innovatsion va muhandislik masalalari bo‘yicha malakali maslahat yordamini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. Komissiya BMTning umumiy tizimi doirasida fan va texnologiyalar bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.
Yangiliklar lentasi
0