https://oz.sputniknews.uz/20220414/ekaterinburgda-ozbekiston-savdo-uyini-ochish-taklif-qilindi-23980491.html
Yekaterinburgda O‘zbekiston savdo uyini ochish taklif qilindi
Yekaterinburgda O‘zbekiston savdo uyini ochish taklif qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati va Sverdlovsk viloyati o‘rtasida qator sohalarda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 14.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-14T16:39+0500
2022-04-14T16:39+0500
2023-04-05T18:37+0500
iqtisod
o‘zbekiston
savdo
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23945423_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_8ebeee6cf4c6f44be00be0ffd7d415a7.jpg
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida gazlamalar ko‘rgazmasi va sotuviga ixtisoslashgan O‘zbekiston savdo uyini ochish taklif qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.Taklif Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov boshchiligidagi delagatsiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Vasiliy Kozlov bilan uchrashuvida bildirildi.Uchrashuvda Rossiya tomoni O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining sifatiga yuqori baho bergan.O‘zbekistonlik tadbirkorlar mamlakatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dastlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sverdlovsk viloyatiga, so‘ngra Uralning boshqa hududlariga yetkazish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga tayyor ekanligini ma’lum qilishgan.Shuningdek, Samarqand viloyati va Sverdlovsk viloyati o‘rtasida ta’lim, tibbiyot va mehnat migratsiyasi sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.Shu maqsaddagi aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun tomonlar joriy yil may oyida onlayn uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldilar.Samara viloyati O‘zbekistondan nima olib nima sotmoqda?Avvalroq rossiyalik restoratorlar O‘zbekistonning meva-sabzavotlari, gazmol va vinolariga katta qiziqish bildirayotgani va mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklari xabar qilingan edi.O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23945423_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6ca4a69d54af0583d49a4df61f34b1f0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, savdo, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, savdo, rossiya
Yekaterinburgda O‘zbekiston savdo uyini ochish taklif qilindi
16:39 14.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Samarqand viloyati va Sverdlovsk viloyati o‘rtasida qator sohalarda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida gazlamalar ko‘rgazmasi va sotuviga ixtisoslashgan O‘zbekiston savdo uyini ochish taklif qilindi,
deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Taklif Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov boshchiligidagi delagatsiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Vasiliy Kozlov bilan uchrashuvida bildirildi.
Uchrashuvda Rossiya tomoni O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining sifatiga yuqori baho bergan.
O‘zbekistonlik tadbirkorlar mamlakatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dastlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sverdlovsk viloyatiga, so‘ngra Uralning boshqa hududlariga yetkazish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga tayyor ekanligini ma’lum qilishgan.
Shuningdek, Samarqand viloyati va Sverdlovsk viloyati o‘rtasida ta’lim, tibbiyot va mehnat migratsiyasi sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.
Shu maqsaddagi aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun tomonlar joriy yil may oyida onlayn uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldilar.
Avvalroq rossiyalik restoratorlar O‘zbekistonning meva-sabzavotlari, gazmol va vinolariga katta qiziqish bildirayotgani va mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklari
xabar qilingan edi.O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.