Rossiya milliy valyutalarda hisob-kitob tizimini yaratish borasida muzokaralar olib bormoqda

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri nominalom 2000 rubley
Denejnie kupuri nominalom 2000 rubley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
Belousov: asosiy chet ellik hamkorlar bilan milliy valyutalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yaratishga oid muzokaralar olib borilmoqda.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiya hamkorlari bilan milliy valyuta asosida hisob-kitob qilish tizimini yaratish xususida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov ma’lum qildi.
“Asosiy chet ellik hamkorlar bilan milliy valyutalar asosida hisob-kitoblarning xavfsiz infratuzilmasini yaratishga oid muzokaralar olib borilmoqda”, - dedi Belousov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida Rossiya rubli/so‘m valyuta juftligi bo‘yicha bitimlar tuzilishi boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0