Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Buchadagi voqealarni feyk deb atadi

© REUTERS / Zohra BensemraUkrainskie voyennie na BTR v ukrainskom gorode Bucha
Ukrainskie voyennie na BTR v ukrainskom gorode Bucha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari bunga o‘xshash feyk xabarlar ilgari Suriyada ham bo‘lganini eslatdi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir PutinUkrainaning Bucha shahridagi hodisalarni feyk deb atadi.
Rossiya yetakchisi Suriyada mamlakat prezidenti Bashar Asadga nisbatan ayblovlar yangraganini eslatdi. G‘arb o‘shanda Asadni kimoviy qurolni qo‘llashda ayblagandi.
“Keyin bu feyk ekani ma’lum bo‘ldi. Buchadagi feyk kabi”, - dedi Putin Amur viloyatidagi matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan RT iqtibos keltirgan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, o‘z navbatida, Buchadagi ig‘vo ortida Britaniya turganini aytdi.
Shuningdek, Belarus rahbari Minsk Buchadagi operatsiya tayyorlanishini surishtiri uchun materiallarni taqdim etishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hukumati tomonidan taqdim etilgan go‘yoki Buchada Rossiya qo‘shinlari “jinoyatlarini” tasdiqlovchi materiallarni navbatdagi ig‘vo deb atagan edi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar o‘limiga bog‘liq har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etishini ma’lum qilgan edi. Chunki Mudofaa vazirligi mutaxassisllari unda videomontaj hamda u yoki bu turdagi soxtalik belgilarini aniqlagan va ma’lumotlar jiddiy shubha ostiga olinishi kerak.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Ukrainaning Bucha shahri atrofidagi gap-so‘zlarni navbatdagi feyk hujum deb atagan. Rossiya TIV rahbari bu sahna ko‘rinishi Rossiya qo‘shinlari shaharni tark etishgandan keyin bir necha kun o‘tib uyushtirilganini ta’kidlagan. Endi bu yolg‘on xabarni Ukraina vakillari va ularning g‘arblik homiylari barcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishmoqda. Lavrov bu uyushtirilgan sahnadan Rossiyaga qarshi maqsadlarda foydalanishga urinishayotgani urg‘ulagan.

Mavzuga oid:

Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev hozirlayotgan “o‘liklar” haqidagi yangi feyklardan ogohlantirdi
Bucha: Rossiyaga qarshi eng tuban ig‘vo
Rossiya Mudofaa vazirligi: Buchadagi kadrlar Kiyevning G‘arb OAVlari uchun uyushtirgan sahnasi
Yangiliklar lentasi
0