Old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqishi shart bo‘ladi

© pixabay.com/cfarnsworthRemni bezopasnosti
Remni bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda avtomobilning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqishi majburiy bo‘ladi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqishi shart bo‘ladi. Bu yangilangan va 1-maydan kuchga kiradigan Yo‘l harakati qoidalarida (YHQ) belgilab qo‘yilgan.
Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 9-bandida belgilanishicha, konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart.
2015 yilda qabul qilingan amaldagi YHQda esa harakatlanish vaqtida haydovchi xavfsizlik kamarini taqqan bo‘lishi kerakligi belgilangan.
Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat etiladi:
avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda);
xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo‘lovchilari.
Avtomobilni ortga haydayotgan haydovchilar va yo‘nalishli taksi haydovchilari endilikda xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘ladi.
Ichki ishlar vazirligiga 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus bolalar o‘rindig‘ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holdan tashish, transport vositasining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishlari inson hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0