https://oz.sputniknews.uz/20220413/mariupolda-mingdan-ziyod-ukraina-harbiylari-taslim-boldi--video-23949245.html
Mariupolda mingdan ziyod Ukraina harbiylari taslim bo‘ldi – video
Mariupolda mingdan ziyod Ukraina harbiylari taslim bo‘ldi – video
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina dengiz piyodalari 36-brigadasi harbiylari qurollarini topshirishgan. Ular orasida 162 nafar zobit hamda 47 nafar ayol harbiylar bor. 13.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-13T12:42+0500
2022-04-13T12:42+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23947216_0:92:3313:1956_1920x0_80_0_0_5705413ca865c918ed77f01820de65d1.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Mariupol shahrida 1026 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda qurollarini topshirib, asirga tushishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Ukraina dengiz piyodalari 36-brigadasi harbiylari qurollarini topshirishgan. Ular orasida 162 nafar zobit hamda 47 nafar ayol harbiylar bor.Ukraina dengiz piyodalari 36-brigadasining 151 nafar yaraganlar harbiylariga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng ular Mariupol shahar kasalxonasiga davolash uchun olib ketilgan.Avvalroq Donesk xalq respublikasi hududiy mudofaa shtabi Mariupolda mingdan ziyod ukrainalik harbiylar qurollarini topshirishganini ma’lum qilgan edi.Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23947216_582:0:3313:2048_1920x0_80_0_0_2cf450e292b29483bf77bdace86c604b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, rossiya
Mariupolda mingdan ziyod Ukraina harbiylari taslim bo‘ldi – video
12:42 13.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Ukraina dengiz piyodalari 36-brigadasi harbiylari qurollarini topshirishgan. Ular orasida 162 nafar zobit hamda 47 nafar ayol harbiylar bor.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Mariupol shahrida 1026 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda qurollarini topshirib, asirga tushishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Ukraina dengiz piyodalari 36-brigadasi harbiylari qurollarini topshirishgan. Ular orasida 162 nafar zobit hamda 47 nafar ayol harbiylar bor.
Ukraina dengiz piyodalari 36-brigadasining 151 nafar yaraganlar harbiylariga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng ular Mariupol shahar kasalxonasiga davolash uchun olib ketilgan.
Avvalroq Donesk xalq respublikasi hududiy mudofaa shtabi Mariupolda mingdan ziyod ukrainalik harbiylar qurollarini topshirishganini
ma’lum qilgan edi.Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.