“Hatto xorijliklarni ham asirga olishmoqda”: Mariupolda nimalar bo‘lmoqda?

© Sputnik / Ilya Pitalev  / Mediabankka o‘tishJiteli Mariupolya gotovat yedu vo dvore razrushennogo doma
Jiteli Mariupolya gotovat yedu vo dvore razrushennogo doma  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
DXR kuchlari port va uning atrofida bo‘lgan har bir kishini sinchiklab tekshirmoqda, axir mag‘lubiyatga uchragan millatchilar port ishchilari yoki boshqa shahar korxonalari xodimi degan soxta guvohnomalari bor.
Mariupol, 13 apr – RIA Novosti, Viktor Zvansev. DXR qo‘shinlari Azov batalonining omon qolgan bo‘linmalari yashiringan Mariupol portini to‘sib qo‘ydi. Dushman irrilashda davom etmoqda, lekin buni yaxshi uddalay olmayapti - o‘q-dorilar tugay deb qolgan.
Millatchilar liderlari havo orqali qochishga harakat qilishmoqda, ularning qo‘l ostidagilar esa yerdan yorib o‘tishga urinmoqda. Dengiz bandargohiga qanday hujum qilingani va bu haqida xodimlarning fikri haqida - batafsil RIA Novosti reportajida.
O‘q-dorili vertolet
Vayron bo‘lgan doklar, yonib ketgan yuk kemasi, qiynalgan yuk ko‘taruvchilar, asfalt ustidagi yopishgan mina dumlari - bir kun oldin respublika kuchlari nazorati ostida bo‘lgan Mariupol portining bir qismi shunday ko‘rinishga ega. Bir necha yuz metr naridagi uzun beton to‘siqlar ortida Ukraina pozitsiyalari joylashgan.
Kemani bog‘lovchi arqonlar, artilleriya korrektirovkachi va tankistlar uchun boshpana bo‘lib xizmat qilmoqda. T-72 beton blok ortidan haydab, minorasi aylantiradi, uchta o‘q uzdi va yana yashirinadi. Bunga javoban minalar uchib keldi, lekin nishondan bir necha o‘n metr uzoqqa tushdi.
“Garchi vaziyatni to‘liq nazorat qilayotgan bo‘lsak-da, dushman hamon kuchli", - deydi DXR alohida operativ brigadasi o‘qotar harbiysi Shram (iltimosiga binoan chaqiruv belgisi o‘zgartirildi). “Bir necha soat oldin, masalan, bizning tankimizga zarba berishdi. Ekipaj halok bo‘ldi, mashina yonib ketdi. Biz fashistlarning o‘q-dorilari qachon tugashini sabrsizlik bilan kutapmiz”.
Jangchilarning so‘zlariga ko‘ra, "Azov" hozir juda qurolni tejab kurashmoqda - bir yarim oy ichida ularning zaxiralari tugagan. Ozod qilingan hududda ko‘plab yashirinish uchun joylar bor. Ular bu yerdagi janglarga uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rgan.
“Biz qurol-yarog‘ yetkazib berishning barcha yo‘llarini - quruqlikda, suvda va havoda to‘sib qo‘ydik, So‘nggi bor bunga bir hafta oldin harakat qilib ko‘rishgandi. Batalon rahbariyati bilan Zaporojyedan kelgan vertoletni urib tushirdik. Asirga tushgan ekipaj evakuatsiyadan oldin patronlar, granatalar va minalar bo‘lgan qutilarni uloqtirishga ulgurishganini aytdi”, - deydi Shram.

Vaziyat qurboni

Portga hujum harbiy operatsiyaning birinchi kunidan boshlangan. Mariupol kompaniyalaridan birining montaj ustasi Maksim Agapov o‘sha tongni juda yaxshi eslaydi. “Aynan mening navbatchiligim edi, - deydi u. “Rossiya prezidenti murojaat qilishi bilanoq, ular dengiz bazasidan unchalik uzoq bo‘lmagan oltinchi portdagi harbiy kemaga zarba berishdi. Men va sherigim uchinchi o‘rinda edik”.
Maksim Gorlovkadan kelgan, vaxta metodi bo‘yicha ishlagan. Hamkasblari bilan shaharning tarixiy qismida, bir asr oldin Mariupol bosh arxitektori Viktor Nilsen yashagan mashhur “Yig‘layotgan nimflar uyi” yonidagi kichik xususiy uyni ijaraga olgan.
“Azovchilar yo‘lning narigi tomonida turardi, - deb eslaydi Agapov. “Ular tinch aholiga gumanitar koridorlar orqali chiqib ketish imkoni borligini aytishmagan, aksincha, hech kimni chiqarmadi. Ayrim oilalar chiqib ketishga harakat qilishdi, biroq millatchilar orqasidan o‘q uzdi. Men qurolsiz odamlarning qanday o‘ldirilganini shaxsan o‘zim ko‘rganman. Bir yigitning boshini yarmini o‘q bilan uchirib yuborishdi”.
Maydalangan jasad bir necha kun Agapovning uyi yonidagi panjara ostida qolib ketdi. Otishma va tinimsiz janglar tufayli olib ko‘mishning ijoyi bo‘lmadi.
Qo‘shni hovlida bundanda shokka soladigan ko‘rinish – millatchilar yashiringan binodan otilgan mina zarbidan pensioner ayolning kuyib ketgan jasadi yotardi.
“Biz tomonga ham bitta mina uchib keldi - deb shiftga ishora qildi Maksim – shiftni yorib o‘tib, pechka va rakovina orasiga tiqilib qoldi. Baxtimizga portlamadi. Oshxonani qulflab qo‘ydik, saperlarni kutapmiz. Bugun ertalab esa qo‘shni besh qavatli uydan bizga snayperlar o‘q otishdi. Rossiya harbiylari ularni yo‘q qilishdi. Tozalash tugamagunicha, bizga yerto‘lada yashirinib turishimizni aytishdi”.
Maksim millatchilarning port tomonga qochayotib, oddiy odam kiyimini kiyib olishgani va qochqinlar orasida yashirinishga harakat qilishganini ko‘rgan.
Uning o‘zi evakuatsiyani kutib, qo‘shni qariyalarga yordam berishga harakat qilyapti: nasos bilan suv olib beradi, un qoldiklaridan oladi pishirib beradi, pechkasini yoqib beradi. “Faqat bir narsani – uyimga, ota-nam, xotinimning oldiga qaytishni xohlayman. Ko‘rganlarimdan keyin o‘zimga kela olmasam kerak. Bu haqiqiy jahannam bo‘ldi”, - deydi u.

Musiqachi va aktorlar

Millatchilar bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishdan: g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy va shimoldan dengiz portiga surilgan. Ko‘cha janglarida professional askarlar ham, fevral oyi o‘rtalarida safarbar qilinganlar ham qatnashgan.
Ular orasida Donesk opera va balet teatri artistlari, shuningdek, Mangush qishlog‘idan kelayotgan mahalliy filarmoniya musiqachilari ham bor.
“Ajoyib odamlar, - deydi Nikolaich chaqiriq belgili DXR 5-brigadasining batalon komandiri. - Ulardan biri yonimga kelib: “Menda sigaret bor, ularni bir banka tushenkaga almashtirmoqchiman. Men: “Sigaretangiz kerakmas, mana tushenka, olavering dedim. U esa tinmay: “Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas, men qat’iy turib olaman, sigaretani oling”, deb turib oldi. Aynan shu paytda siz haqiqiy ziyoli bilan gaplashayotganingizni anglaysiz.
Teatr va filarmoniya xodimlari hozir port yaqinidagi xususiy sektorni nazorat qilyapti, u yerda vaziyat hamon notinch. Ertalab ular tozalashga boradi, kechqurun olov yonida kechki ovqatga yig‘ilishadi va o‘rtoqlarini xotirlashadi - yaqinda yana bir to‘qnashuvda ularning hamkasbi vafot etdi.
“Butun umr jang qilgan mendek odamni bu yigitlar hayratga soladi, - dedi Nikolaich- Ular har kuni dushman o‘qi yoki mina parchasidan zarba olishlari mumkinligini bilishadi, o‘liklar va yaradorlarni ko‘rishadi, lekin baribir o‘z ishlarini bajarishadi”.
Komandir ularni himoya qilishga harakat qiladi. Agar imkon bo‘lsa, ularni orqada qoldiradi. Biroq, urush o‘z nomi bilan urush, qurbonlar bo‘lishi muqarrar. “Portni oxirigacha tozalab olgan paytdayoq, yigitlarni Doneskka qaytarib yuboramiz”- deb va’da beradi Nikolaich.

Odessalik kapitan

Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, portda Azovchilarning turli xil tuzilmalari o‘rnashib olgan. Ular bu yerda hatto tinch aholi orqasiga yashirinishda davom etmoqdalar, nafaqat mahalliy aholi orasiga.
“Xov anavi kemadan 25 ta odamni ozod qildik- deb kemani ko‘rsatadi Shram - Kema kapitani odessalik, qolganlari – yevropalik va amerikaliklar. Ularga chiqishga yo‘l qo‘yishmadi, ularni himoya qalqoni qilib olishgandi. Ularning chindan ham dengizchi ekanliklarini bilish uchun filtratsiyaga jo‘natishdi”.
MGB port va uning atrofida bo‘lgan har bir kishini tekshiradi. Axir mag‘lubiyatga uchragan millatchilar ayyorlik qilishga harakat qilishlari aniq. Ko‘pgina Azovchilarning port ishchilari yoki boshqa shahar korxonalarining xodimi degan soxta guvohnomalari bor.
DXR armiyasi qo‘mondonligiga ko‘ra, Mariupol deyarli butunlay tozalangan, biroq ayrim hududlarda, asosan sanoat zonasida uch-to‘rt ming ukrainalik askarlar yashiringan. Ularni taslim qilishga majburlash uchun qancha vaqt va kuch kerak, zobitlar hali oldindan hech narsani demadi.
Yangiliklar lentasi
0