Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana uzaytirildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishV Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa
V Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
2015 yildan keyin berilgan haydovchilik guvohnomasini 2023-yil 31-dekabrgacha almashtirish shart.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana uzaytirildi. Bu Hukumatning 12-aprel kuni qabul qilingan 178-sonli qarorida ko‘zda tutilgan.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:
2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
2015 yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
O‘zbekistonda yangi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2017-yil oktabridan joriy etilgan edi. Avvaliga haydovchilik guvohnomalari va “texpasportlarni” 2020-yil 31-dekabrgacha almashtirish rejalashtirilgan edi. 2020-yil bahorida muddat bir yilga uzaytirildi, 2021-yil noyabrida esa muddatni 2022-yil oxiriga qadar uzaytirishga qaror qilingan edi.
Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar soni qariyb 5,7 million nafarni tashkil etadi. Shulardan 3,1 millioni guvohnomalarini haligacha almashtirmagan.
Yangiliklar lentasi
0