Aleksey Xen Toshkent hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentAleksey Xen
Aleksey Xen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
“Raqamli rivojlanish departamenti” MChJ direktorining birinchi o‘rinbosari Toshkent shahri hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Aleksey Xen Toshkent shahri hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari - Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Aleksey Xen 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi TDUU) tamomlagan.
Hozirga qadar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli rivojlanish departamenti” MChJ direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Avvalroq Abdulaziz Isroilov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari –Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0