https://oz.sputniknews.uz/20220412/xotin-qizlarga-otmga-kirish-uchun-tavsiyanoma-berish-yolga-qoyilishi-mumkin-23935345.html
Xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Tavsiyanoma Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan bir marta beriladi va u 3-yil muddatga amal qiladi 12.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-12T19:39+0500
2022-04-12T19:39+0500
2022-04-12T19:39+0500
jamiyat
xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0f/19701388_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_9022de0ef3584bb4bbb9790975cf3c24.jpg
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega, lekin oliy ma’lumoti yo‘q xotin-qizlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Bu bo‘yicha Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat loyihasida mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.Yozilishicha, ushbu tavsiyanoma qo‘mita tomonidan bir marta beriladi va u 3-yil muddatga amal qiladi.Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yhatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron shaklda har yili 1-maydan 1-iyunga qadar murojaat qiladi.Tegishli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar har yili oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun xujjatlarni topshirish muddatlarida o‘rnatilgan tartibda maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.Aytilishicha, mazkur tartib oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.Qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 22-aprelga qadar davom etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0f/19701388_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9d596ee5aa29f6c8284f6e6591a5337c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi , otm
jamiyat, xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi , otm
Xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Tavsiyanoma Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan bir marta beriladi va u 3-yil muddatga amal qiladi
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega, lekin oliy ma’lumoti yo‘q xotin-qizlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Bu bo‘yicha Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik
muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat loyihasida mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.
Yozilishicha, ushbu tavsiyanoma qo‘mita tomonidan bir marta beriladi va u 3-yil muddatga amal qiladi.
Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yhatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron shaklda har yili 1-maydan 1-iyunga qadar murojaat qiladi.
Tavsiyanoma olgan abituriyentlar Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlangan umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlarida ishtirok etadi. Bunda umumiy tanlov (shuningdek davlat granti asosida imtiyozlar) doirasida to‘plagan bali bo‘yicha talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar orasida tanlov amalga oshiriladi.
Tegishli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar har yili oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun xujjatlarni topshirish muddatlarida o‘rnatilgan tartibda maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Aytilishicha, mazkur tartib oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 22-aprelga qadar davom etadi.