Samara viloyati O‘zbekistondan nima olib nima sotmoqda?

© Press-slujba pravitelstva Samarskoy oblastiSamara
Samara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
Samara viloyati Rossiya hududlari orasida O‘zbekistonga eng ko‘p mahsulot eksport qilayotgan hududlardan biri hisoblanadi.
TOShKENT, 12 apr - Sputnik. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Samara viloyati bilan savdo sotig‘i hajmi oshib bormoqda. Bu haqida seshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan taqdimotida ma’lum bo‘ldi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
O‘zbekistonga tashrif buyurgan Samara viloyati hukumati raisining o‘rinbosari Natalya Katina aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston an’anaviy tarzda Samara viloyatining strategik muhim savdo-iqtisodiy hamkoridir.
“2020 yildagi inqiroz yilida Samara viloyatining aksariyat davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasining qisqarishi fonida O‘zbekiston bilan tashqi savdo hajmi 19,7 %ga oshgan, jumladan sanoat mahsulotlari hisobidan ham”, - deydi Katina.
Samara viloyatidan O‘zbekistonga sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar, o‘simlik va hayvon yog‘i, sog‘lom qandolat mahsulotlari eksport qilinadi. 2020-yilda ushbu mahsulotlar eksporti 25,8%ga o‘sgan.
O‘zbekistondan Samaraga esa – mevalar, quritilgan mevalar, yong‘oq, paxta tolali gazlamalar, ko‘rpa-yostiq choyshablari, sochiqlar eksporti miqdori oshgan. Sanoat mahsulotlari orasida esa – avtomobillar, avtomobil va qishloq xo‘jalik texnikasi uchun ehtiyot qismlar, alyuminiy va undan yasalgan buyumlar, kimyo sanoati mahsulotlari eksporti hajmi oshmoqda.
Natalya Katina O‘zbekistondan ekologik toza va foydali ho‘l, quritilgan va muzlatilgan mevalar shuningdek yengil sanoatning tayyor mahsulotlari eksporti hajmi oshishiga umid bildirdi.
Iqtisodiy missiya doirasida Rossiyaning ta’lim, sog‘liqni saqlash, agrosanoat kompleksi, qurilish va sanoat sohalaridagi 29 ta tashkilotdan 60 nafar rahbarlaridan iborat delegatsiyasi Namangan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida bo‘lib, B2B formatida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samara viloyati Rossiya hududlari orasida O‘zbekistonga eng ko‘p mahsulot eksport qilayotgan hududlardan biri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0