https://oz.sputniknews.uz/20220412/rossiya-va-ozbekiston-ortasidagi-parvozlarga-bolgan-talab-yana-ortishi-kutilmoqda-23925047.html
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi parvozlarga bo‘lgan talab yana ortishi kutilmoqda
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi parvozlarga bo‘lgan talab yana ortishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Butun dunyoda turistlar oqimi sezilarli darajada oshishi, ya’ni yiliga kamida 30% ga o‘sishi mumkin. 12.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-12T14:51+0500
2022-04-12T14:51+0500
2023-04-05T18:37+0500
turizm
o‘zbekiston
aviaparvozlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1349/96/13499683_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f8726411119a8ca3210046e6fed7838e.jpg
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonning ko‘plab mahalliy ayeroportlaridan xalqaro aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, ammo bugungi vaziyatdan kelib chiqib, Toshkentdan boshqa shaharlarda ham bir qator yo‘nalishlarda xalqaro parvozlar sonini ko‘paytirish lozim. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, butun dunyoda COVID-19 global pandemiyasidan chiqish tendensiyalari holatiga ko‘ra, yaqin kelajakda turistlar oqimi sezilarli darajada oshishi, ya’ni yiliga kamida 30% ga o‘sishi kutilmoqda.Bu esa qo‘shimcha xalqaro havo yo‘lovchi tashishlarini amalga oshirish, milliy aviakompaniya tizimida parvozlar geografiyasini kengaytirish, xorijiy aviakompaniyalarni, ayniqsa, arzon yuk tashish yo‘nalishlarini jalb etishni taqozo etadi.Butunjahon turizm tashkilotining "Ipak yo‘li ofisi" maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, O‘zbekistonda bu holat bir qator yo‘nalishlarda ko‘proq ko‘zga tashlanishi mumkin.Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Irkutsk, Novosibirsk, Ufa, Krasnoyarsk, Tumen, Yekaterinburg, Samara, Qozon, Mineralne Vodi, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Sochi, Voronej, Vladivostok va boshqa bir qator Rossiya shaharlari bilan muntazam aviqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, parvozlarga bo‘lgan talablar yana ortishi kutilmoqda.Bundan tashqari, Orenburg, Volgograd, Xabarovsk, Kemerovo, Nijnevartovsk, Murmansk, Nijniy Novgorod, Surgut, Petropavlovsk-Kamchatskiy, Omsk, Barnaul shaharlaridan keluvchi sayyohlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish ustida ishlash lozim.O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Jahon sayyohlik tashkiloti vakolatxonasi maslahatchisi Shuhrat Isoqulov Sputnik muxbiriga mamlakat Rossiyadan kelayotgan sayyohlar sonini ham oshirish rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonga Rossiyadan 480 ming rossiyalik sayyoh kelgan. Bu ko‘rsatkich yanada oshirish va 1,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan.Ayni damda O‘zbekistonda turizm sektori rossiyalik sayyohlarning ehtiyojlariga moslashishga harakat qilmoqda, ularning asosiy afzalligi all-inclusive shaklidir.Mavzuga oid:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1349/96/13499683_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_0f5592f5987266f7c9a0450fbb42f31b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, aviaparvozlar, rossiya
turizm, o‘zbekiston, aviaparvozlar, rossiya
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi parvozlarga bo‘lgan talab yana ortishi kutilmoqda
14:51 12.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Butun dunyoda turistlar oqimi sezilarli darajada oshishi, ya’ni yiliga kamida 30% ga o‘sishi mumkin.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonning ko‘plab mahalliy ayeroportlaridan xalqaro aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, ammo bugungi vaziyatdan kelib chiqib, Toshkentdan boshqa shaharlarda ham bir qator yo‘nalishlarda xalqaro parvozlar sonini ko‘paytirish lozim. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi
xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, butun dunyoda COVID-19 global pandemiyasidan chiqish tendensiyalari holatiga ko‘ra, yaqin kelajakda turistlar oqimi sezilarli darajada oshishi, ya’ni yiliga kamida 30% ga o‘sishi kutilmoqda.
Bu esa qo‘shimcha xalqaro havo yo‘lovchi tashishlarini amalga oshirish, milliy aviakompaniya tizimida parvozlar geografiyasini kengaytirish, xorijiy aviakompaniyalarni, ayniqsa, arzon yuk tashish yo‘nalishlarini jalb etishni taqozo etadi.
Butunjahon turizm tashkilotining "Ipak yo‘li ofisi" maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, O‘zbekistonda bu holat bir qator yo‘nalishlarda ko‘proq ko‘zga tashlanishi mumkin.
Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Irkutsk, Novosibirsk, Ufa, Krasnoyarsk, Tumen, Yekaterinburg, Samara, Qozon, Mineralne Vodi, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Sochi, Voronej, Vladivostok va boshqa bir qator Rossiya shaharlari bilan muntazam aviqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, parvozlarga bo‘lgan talablar yana ortishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Orenburg, Volgograd, Xabarovsk, Kemerovo, Nijnevartovsk, Murmansk, Nijniy Novgorod, Surgut, Petropavlovsk-Kamchatskiy, Omsk, Barnaul shaharlaridan keluvchi sayyohlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish ustida ishlash lozim.
O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Jahon sayyohlik tashkiloti vakolatxonasi maslahatchisi Shuhrat Isoqulov Sputnik muxbiriga mamlakat Rossiyadan kelayotgan sayyohlar sonini ham oshirish rejalashtirayotganini
ma’lum qilgan edi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonga Rossiyadan 480 ming rossiyalik sayyoh kelgan. Bu ko‘rsatkich yanada oshirish va 1,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Ayni damda O‘zbekistonda turizm sektori rossiyalik sayyohlarning ehtiyojlariga moslashishga harakat qilmoqda, ularning asosiy afzalligi all-inclusive shaklidir.