https://oz.sputniknews.uz/20220412/rossiya-evrobondlar-boyicha-qarzini-rublda-toladi-defolt-elon-qilgani-yoq-23934191.html
Rossiya yevrobondlar bo‘yicha qarzini rublda to‘ladi, defolt e’lon qilgani yo‘q
Rossiya yevrobondlar bo‘yicha qarzini rublda to‘ladi, defolt e’lon qilgani yo‘q
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya yevrobondlar bo‘yicha to‘lovni rublda amalga oshirdi, o‘z majburiyatlaridan voz kechgani yoki defolt e’lon qilgani yo‘q, 12.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-12T19:16+0500
2022-04-12T19:16+0500
2022-04-12T19:16+0500
rossiya
iqtisod
yevropa ittifoqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23815265_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_a220eba37d05f8bc44dc964920934e47.jpg
TOShKENT, 12 apr - Sputnik. Rossiya yevroobligatsiyalar bo‘yicha defolt e’lon qilgani yo‘q, CNN tarqatgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, ded Rossiya moliya vazirligi.Moliya vazirligi ta’kidlashiga ko‘ra, Rossiya o‘z qarzlarini to‘lash uchun yetarli mablag‘ga ega va shu sababli bugun yuzaga kelgan vaziyatni to‘lov majburiyatlaridan voz kechish deb hisoblash mumkin emas.Shunday bo‘lsa-da, Rossiya mas’ul qarz oluvchi sifatida, investorlarga to‘ash kerak bo‘lgan mablag‘larni Rossiya depozitariysida kerakli miqdorlarni rubl ko‘rinishida saqlab qolgan."To‘lov amalga oshirish mumkin bo‘lmagan obligatsiyalar, asosan xorijiy investorlarga tegishli. AQSh rasmiylarining taqiqlovchi choralari birinchi ana shu xorijiy investorlar jumladan amerikalik investorlarning manfaatlariga putur etkazdi", - deya ta’kidladi Moliya vazirligi.Ularning ta’kidlashicha, bu taqiq G‘arb kontragentlari tomonidan o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va investorlar manfaatlarini buzayotganiga yana bir misoldir.Eslatib tamiz, Amerikaning CNN telekanali o‘tgan shanba kuni xalqaro reyting agentligi S&P Rossiyaning uzoq muddatli va qisqa muddatli xorijiy valyutadagi kredit reytinglarini "SD" (alohida yo‘nalishlar bo‘yicha defolt) darajasiga tushirganiga e’tibor qaratgan edi. Ushbu voqea 4-aprel kuni xorijiy agent-bank "Rossiya-2022" va "Rossiya-2042" - suveren yevrobondlari bo‘yicha to‘lovlarni valyutada amalga oshirishdan vaoz kechganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng Rossiya Moliya vazirligi amalga oshirishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni rublda bajardi. Rossiyaning muzlatilgan bank raqamlari ochilganidan so‘ng, investorlar ularni valyutaga aylantirishi mumkin bo‘ladi. Moliya vaziri Anton Siluanovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva yevrobondlari bo‘yicha xorijiy investorlar oldidagi majburiyatlarini, kerak bo‘lsa, sudlarda himoya qilishga tayyor. Moliya vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari 300 milliard dollarga yaqin zaxiralarni cheklab qo‘ygan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya majburiyatlari bo‘yicha defolt - faqat texnogen sababga ko‘ra bo‘lishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23815265_39:0:2770:2048_1920x0_80_0_0_749c26c8da65fcb956b7ea4b0a291041.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, iqtisod, yevropa ittifoqi
rossiya, iqtisod, yevropa ittifoqi
Rossiya yevrobondlar bo‘yicha qarzini rublda to‘ladi, defolt e’lon qilgani yo‘q
Rossiya yevrobondlar bo‘yicha to‘lovni rublda amalga oshirdi, o‘z majburiyatlaridan voz kechgani yoki defolt e’lon qilgani yo‘q,
TOShKENT, 12 apr - Sputnik. Rossiya yevroobligatsiyalar bo‘yicha defolt e’lon qilgani yo‘q, CNN tarqatgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, ded Rossiya moliya vazirligi.
Moliya vazirligi ta’kidlashiga ko‘ra, Rossiya o‘z qarzlarini to‘lash uchun yetarli mablag‘ga ega va shu sababli bugun yuzaga kelgan vaziyatni to‘lov majburiyatlaridan voz kechish deb hisoblash mumkin emas.
"Kreditorlarning barcha mumkin bo‘lgan da’volari <...> Rossiyaning qarz majburiyatlarini bajarishi uchun noqonuniy to‘siqlar yaratgan davlatlarning rasmiy organlariga yuborilishi kerak. <...> Amerika banklari va AQSh hukumatining noqonuniy xatti-harakatlari Rossiyaga xorijiy valyutada to‘lov amlaga oshirishiga to‘sqinlik qildi”, — deyiladi Moliya vazirligi xabarida.
Shunday bo‘lsa-da, Rossiya mas’ul qarz oluvchi sifatida, investorlarga to‘ash kerak bo‘lgan mablag‘larni Rossiya depozitariysida kerakli miqdorlarni rubl ko‘rinishida saqlab qolgan.
"To‘lov amalga oshirish mumkin bo‘lmagan obligatsiyalar, asosan xorijiy investorlarga tegishli. AQSh rasmiylarining taqiqlovchi choralari birinchi ana shu xorijiy investorlar jumladan amerikalik investorlarning manfaatlariga putur etkazdi", - deya ta’kidladi Moliya vazirligi.
Ularning ta’kidlashicha, bu taqiq G‘arb kontragentlari tomonidan o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va investorlar manfaatlarini buzayotganiga yana bir misoldir.
“Shubhasiz, xorijiy valyutadagi davlat qarzini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishdagi to‘siqlar sun’iy ravishda yaratilgan”, — deya xulosa qildi Moliya vazirligi.
Eslatib tamiz, Amerikaning CNN telekanali o‘tgan shanba kuni xalqaro reyting agentligi S&P Rossiyaning uzoq muddatli va qisqa muddatli xorijiy valyutadagi kredit reytinglarini "SD" (alohida yo‘nalishlar bo‘yicha defolt) darajasiga tushirganiga e’tibor qaratgan edi.
Ushbu voqea 4-aprel kuni xorijiy agent-bank "Rossiya-2022" va "Rossiya-2042" - suveren yevrobondlari bo‘yicha to‘lovlarni valyutada amalga oshirishdan vaoz kechganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng Rossiya Moliya vazirligi amalga oshirishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni rublda bajardi. Rossiyaning muzlatilgan bank raqamlari ochilganidan so‘ng, investorlar ularni valyutaga aylantirishi mumkin bo‘ladi.
Moliya vaziri Anton Siluanovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva yevrobondlari bo‘yicha xorijiy investorlar oldidagi majburiyatlarini, kerak bo‘lsa, sudlarda himoya qilishga tayyor. Moliya vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari 300 milliard dollarga yaqin zaxiralarni cheklab qo‘ygan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya majburiyatlari bo‘yicha defolt - faqat texnogen sababga ko‘ra bo‘lishi mumkin.