https://oz.sputniknews.uz/20220412/miya-faoliyatini-chiniqtiruvchi-eng-oddiy-mashqlar-23935983.html
Miya faoliyatini chiniqtiruvchi eng oddiy mashqlar
Miya faoliyatini chiniqtiruvchi eng oddiy mashqlar
Sputnik O‘zbekiston
Ismlar, sanalar, kerakli so‘zlarva ma’lumotlarni tez- tez yodingizdan chiqarib qo‘yayotgan bo‘lsangiz, ushbu mashqlarni albatta bajarishingiz kerak. 12.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-12T22:00+0500
2022-04-12T22:00+0500
2022-04-12T22:00+0500
bu qiziq
sog‘liq
doktor maslahati
foydali
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/587/52/5875256_0:49:3000:1737_1920x0_80_0_0_f75dc0db7c65e3ddda80a64e2856e4ac.jpg
Shifokor Aleksandr Solovyev "Doktor Piter” portaliga miyani chiniqtiruvchi samarali va oddiymashqlarni tavsiya qildi.COVID-19 bilan kasallangan odamlarda virus o‘tkandan so‘ng 7-8 oylar mobaynida diqqatni jamlash, eslab qolish, tez o‘rganish va ma’lumotlarni qayta ishlash kabi jarayonlarda buzilishilar kuzatilishi mumkin. Biroq, oddiy mashqlar bilan miyani chiniqtirish va xotirani mustahkamlab olish anchayin oson.Katta pazl yig‘ingBunda ko‘z qabul qilgan ma’lumotlarni kichkina detallardan katta umumiy tasavvur paydo bo‘lishigacha qobiliyatlar shakllanadi.Ikkilamchi ko‘rish qobiliyatini mashq qilingUshbu mashq uydan tashqarida, ( xiyobonda, o‘rmonda, yangi joyda) samarali bo‘ladi. To‘g‘riga qaraysiz, ko‘zlaringizni harakatlantirmaysiz, ko‘zingiz tushgan hamma narsani eslab qolasiz. Keyin ko‘zlarni yumib, yodingizda qolgan manzarani tasavvuringizda shakllantiring.Yangi qo‘shiqlar yodlang va kuylangQo‘shiq kuylash jarayonida miya quvonch gormoni deb ataladigan endorfin moddasini ishlab chiqishda ancha faol bo‘ladi. Qo‘shiq kuylash hayot tonusini ko‘taradi, diqqatni jamlash qobiliyatini yaxshilaydi, jismoniy va aqliy faollikni oshiradi.Musiqa asbobini chalishni o‘rganingBu jarayon miyaning bir-biriga uzviy bog‘liq funksiyalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantiradi. Bu uchun royal sotib qolish kerak emas. Masalan, ukulele yoki glyukofon kabi o‘rganish uchun oson va qulay bo‘lgan asboblarni chalish ham juda yaxshi samara beradi.Yetakchi qo‘lingizni o‘zgartiringSiz uchun “noqulay” qo‘lingizni kundalik oddiy yumushlarda ishlating. Ya’ni, agar siz o‘ng qo‘lda ko‘p ishlasangiz, chap qo‘lingiz bilan tishingizni yuvishga harakat qilib ko‘ring. Qo‘lingizni bunga o‘rgatib olgandan so‘ng qiyinroq vazifalarni qilib ko‘ring: chap qo‘lda yozing, rasmlar chizing. Agar chapaqay bo‘lsangiz, o‘ng qo‘lingizni o‘rgating.Bu jarayonda millionlab neyronlar yangi aloqa yaratadi.To‘p bilan o‘ynang.To‘p bilan eng oddiy mashqlar ham miyaga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bu uchun futbol yoki tennis o‘ynash shart emas. Shunchaki devorga otib o‘ynash, uni ushlab olishga harakat qilish, jongler harakatlari samarali natija ko‘rsatadi.Notekis yuzalarda yuringBu vestibulyar tizimni yaxshilaydi, muvozanat nazoratini kuchaytiradi. Bunda faqat asfalt bilan yurish emas, balki toqqa chiqish, noqulay yo‘llarda yurish ham foydali.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/587/52/5875256_0:0:3000:2250_1920x0_80_0_0_8484d646951efc8f65f92b03a401ad4d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sog‘liq, doktor maslahati, foydali, shifokorlar tavsiyasi
sog‘liq, doktor maslahati, foydali, shifokorlar tavsiyasi
Miya faoliyatini chiniqtiruvchi eng oddiy mashqlar
Ismlar, sanalar, kerakli so‘zlarva ma’lumotlarni tez- tez yodingizdan chiqarib qo‘yayotgan bo‘lsangiz, ushbu mashqlarni albatta bajarishingiz kerak.
Shifokor Aleksandr Solovyev "Doktor Piter” portaliga miyani chiniqtiruvchi samarali va oddiymashqlarni tavsiya qildi.
COVID-19 bilan kasallangan odamlarda virus o‘tkandan so‘ng 7-8 oylar mobaynida diqqatni jamlash, eslab qolish, tez o‘rganish va ma’lumotlarni qayta ishlash kabi jarayonlarda buzilishilar kuzatilishi mumkin. Biroq, oddiy mashqlar bilan miyani chiniqtirish va xotirani mustahkamlab olish anchayin oson.
Bunda ko‘z qabul qilgan ma’lumotlarni kichkina detallardan katta umumiy tasavvur paydo bo‘lishigacha qobiliyatlar shakllanadi.
Ikkilamchi ko‘rish qobiliyatini mashq qiling
Ushbu mashq uydan tashqarida, ( xiyobonda, o‘rmonda, yangi joyda) samarali bo‘ladi. To‘g‘riga qaraysiz, ko‘zlaringizni harakatlantirmaysiz, ko‘zingiz tushgan hamma narsani eslab qolasiz. Keyin ko‘zlarni yumib, yodingizda qolgan manzarani tasavvuringizda shakllantiring.
Yangi qo‘shiqlar yodlang va kuylang
Qo‘shiq kuylash jarayonida miya quvonch gormoni deb ataladigan endorfin moddasini ishlab chiqishda ancha faol bo‘ladi. Qo‘shiq kuylash hayot tonusini ko‘taradi, diqqatni jamlash qobiliyatini yaxshilaydi, jismoniy va aqliy faollikni oshiradi.
Musiqa asbobini chalishni o‘rganing
Bu jarayon miyaning bir-biriga uzviy bog‘liq funksiyalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantiradi. Bu uchun royal sotib qolish kerak emas. Masalan, ukulele yoki glyukofon kabi o‘rganish uchun oson va qulay bo‘lgan asboblarni chalish ham juda yaxshi samara beradi.
Yetakchi qo‘lingizni o‘zgartiring
Siz uchun “noqulay” qo‘lingizni kundalik oddiy yumushlarda ishlating. Ya’ni, agar siz o‘ng qo‘lda ko‘p ishlasangiz, chap qo‘lingiz bilan tishingizni yuvishga harakat qilib ko‘ring. Qo‘lingizni bunga o‘rgatib olgandan so‘ng qiyinroq vazifalarni qilib ko‘ring: chap qo‘lda yozing, rasmlar chizing. Agar chapaqay bo‘lsangiz, o‘ng qo‘lingizni o‘rgating.
Bu jarayonda millionlab neyronlar yangi aloqa yaratadi.
To‘p bilan eng oddiy mashqlar ham miyaga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bu uchun futbol yoki tennis o‘ynash shart emas. Shunchaki devorga otib o‘ynash, uni ushlab olishga harakat qilish, jongler harakatlari samarali natija ko‘rsatadi.
Bu vestibulyar tizimni yaxshilaydi, muvozanat nazoratini kuchaytiradi. Bunda faqat asfalt bilan yurish emas, balki toqqa chiqish, noqulay yo‘llarda yurish ham foydali.