"Innoprom 2022" o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun qanday imkon yaratadi

© Press-slujba Krasnodarskogo krayaStend Krasnodarskogo kraya na "Innoprome" v Tashkente
Stend Krasnodarskogo kraya na Innoprome v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada O‘zbekiston va Rossiya stendlaridan tashqari, Belarus, Qozog‘iston va Tojikiston ko‘rgazmalari ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 12 apr - Sputnik. Toshkentda 25-27 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi kutilayotgan "Innoprom" ko‘rgazmasi o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? Bu haqida Sputnik muxbiriga Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ma’lum qildi.
"Ko‘rgazmada O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi milliy stendlaridan tashqari, Belarus, Qozog‘iston va Tojikiston respublikalarining milliy ko‘rgazmalari ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan
Bu nafaqat O‘zbekiston, balki yuqorida tilga olingan mamlakatlar bozorlariga chiqish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi”, — dedi Zligostev.
Shuningdek, savdo vakili Samara viloyati delegatsiyasiga murojaat qilar ekan, Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda qanday savollarga qiziqish bildirayotganini aytib o‘tdi.
"Bizga kundalik hayot masalalariga oid savollar muntazam kelib turadi. Masalan, MIR to‘lov tizimi O‘zbekistonda kartalarni qabul qiladimi? Ha, ular deyarli har qanday mehmonxona, restoranda to‘lash mumkin. U UzPay tizimi bilan chambarchas bog‘liq", - dedi Zligostev anjuman ishtirokchilariga.
Eslatib o‘tamiz, "Innoprom" ko‘rgazmasi Toshkentda Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning Investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan tashkil qilinayotgan "Innoprom" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu ko‘rgazma tafsilotlari bugun bo‘lib o‘tayotgan onlayn sessiya davomida Rossiya sanoat vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev O‘zbekiston Investitsiya va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayevlar ishtirok etmoqda.
O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan "Innoprom" ko‘rgazmasiga 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan va O‘zbekistonning 14 ta hududi va 1000 dan ortiq korxonalari ishtirok etgan edi. Rossiya tomonidan esa 13 ta hududdan 300 ta kompaniya tashrif buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0