Yevropa urushga yo‘l oldi

© Sputnik / Vladimir SergeyevFlagi Rossii, YeS i Fransii na naberejnoy Nissi.
Flagi Rossii, YeS i Fransii na naberejnoy Nissi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
Tashqaridan va bir vaqtning o‘zida ichkaridan bosimni oshirganda, qozon nafaqat qopqog‘ini otib yuboradi balki bosim zo‘rligidan o‘zi ham sinadi.
Kecha Lyuksemburgda Yevropa tashqi siyosat boshqarmalari vakillari yig‘ilishining oltinchi doirasi boshlandi. Undan ko‘zlangan maqsad - Rossiyaga qarshi sanksiyalarning navbatdagi paketi haqida ekanligini unchalik ham yashirmadilar.
O‘tgan olti oyda Moskva birinchi, ikkinchi, va xullas ro‘yxat bo‘yicha qarshi taqiq choralarini qo‘llagan odamlarning nazdida kollektiv Yevropaning oyog‘iga bosh urib bormasa ham, har holda o‘layotgan iqtisodiyotning bor azoblarini his qilayotgan bo‘lishi kerak edi.
Ammo, negadir, Yevropa supermarketlarida un qolmadi. Keyin esa o‘simlik yog‘i ham tugadi. Bu juda tez sodir bo‘ldi. Sanksiya kiritgan davlatlar buni mutlaq kutmagan edi. Tasavvur qilyapsizmi, kollektiv Yevropa o‘zini bir vaqtda ikkita eng muhim mahsulot (oziq-ovqat sanoati uchun) tanqisligida qoldi. Va bu holat yana shu qadar tez sodir bo‘ldiki, “Rossiyani tanobini tortib turuvchi” strateglariga fantaziya kengligi va erkin siyosiy ijodkorlik yetmadi.
Mayli, nima bo‘lsa bo‘ldi va kecha o‘simlik yog‘lari turgan shishalar joyida bugun bo‘sh rastalar turibdi. Ma’lumki, yog‘ va undan keyin tuxum va parranda, yirik qoramol go‘shti ham yo‘qolishi (yoki qimmatlashishi) mumkin. Bu faktni inkor etib bo‘lmaydi.
Yevropaning kundalik va og‘ir turmushida sodir bo‘layotgan voqealarning eng yuqori siyosiy empiriyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan vaziyatda, bu empiriyalarda yashovchi yevroamaldorlar o‘zlariga ishonib topshirilgan kema shturvalini keskin burishga qaror qilishdi. Harakat trayektoriyasini muvozanatlash uchun emas, balki Rossiyani burilishda “kesish” uchun.
Kiyevga tashrif buyurgan umumevropa diplomatiyasining rahbari Jozep Borrelning bayonot berishicha, “bu urushda faqat jang maydonida g‘alaba qozoniladi”. Va u mamlakatga yangi va ancha tezkor harbiy qurollar yetkazishni va’da qildi.
Yevropa Komissiyasining vitse-prezidenti tinchlikni izlash bilan cheklanib qo‘ya qoldi, o‘n millionlab odamlarning qoni bilan to‘langan Ikkinchi Jahon urushi oxirida shakllantirilgan Yevropa tashqi siyosatining postulatlarini qayta ko‘rib chiqdi. Oltita so‘z va bitta bog‘lovchidan iborat tvit esa o‘ziga xos sensatsiya bo‘ldi. Faqat bir tomondan.
Boshqa tomondan esa- ushbu oltita so‘z Kremlga tahdiddan boshqa ma’noda bo‘lishi mumkin emas. Aniqrog‘i, Moskvaga qarshi tahdid. Agar yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, Rossiyaga qarshi tahdiddir.
Jozep Borrel ushbu bayonotini nafaqat Rossiya hukumatiga - u Kreml bilan bunday ohangda gaplashish befoyda ekanligini yaxshi tushunadigan bilimli odam - balki Rossiya xalqi, Rossiya jamiyatiga qaratdi. Shunday jamiyatki, u turli Yevropa poytaxtlari, shuningdek Vashington tasavvur qilganidan umuman hayratlanarli va g‘ayritabiiy, (ayniqsa, G‘arbning tarqoq, bo‘lingan, betayin jamiyati bilan solishtirganda) yaxlit va jips bo‘lib chiqdi. U hamma tomonidan baham ko‘rilgan g‘oyalar bilan jipslashgan.
U shunday jamiyatki, uni “shaxslar va individuallar”ga bo‘lib tashlamoqchi bo‘lganlarning orzulariga qarshi chiqib- bir jonga aylandi. Hatto juda ko‘p pullar evaziga sotib olinmaydigan qadriyatlar uchun birlashdi.
Va mana shu yaxlit xalqqa kollektiv Brussel so‘nggi 80-yillikdagi ikkinchi ultimatumini qo‘ymoqda. Xalqning javobi kutilgandek bo‘ldi. Bu borada savollar bo‘lishi mumkin emas. Biroq, baribir bunday vaziyatda Brussel nimani o‘ylagani (yoki o‘ylayotgani) haqida so‘ragisi keladi kishini. Va eng asosiysi, bunday bayonotlarga Moskva aniq javob bersa va uni provokatsiya qilishga urinishsa ham, oqibatida Brusselga, Parijga, Madridga, Lissabonga va Berlinga nima olib kelishi kerak? Yevropa chindan ham endi Ukrainani qalqon qilmasdan Rossiya bilan urishishni xohlaydimi? Yoki o‘sha bebosh tvitdagi oltida so‘z (yettinchisi- bog‘lovchi) yana bir bor Kiyevning ko‘ziga yaxshi ko‘rinish uchun aytilgan edimi? (Bunaqasini ham istisno qilib bo‘lmaydi axir).
Yarimritorik xarakterga ega bo‘lgan bu savollarni hech qanday kamchiliksiz tushunarli bo‘lishi uchun shakllantirish kerak: Yevropaning Rossiyaga nisbatan g‘azabi bugun shu darajaga yetdiki, Brusselda to‘g‘ri ko‘rinadigan yagona yo‘l Rossiya davlatini yo‘q qilish bo‘lib qoldi.
Tashqaridan va bir vaqtning o‘zida ichkaridan bosimni oshirganda, (texnologiyalar barchaga ma’lum va ular ko‘p marta qo‘llanilgan), qozon nafaqat qopqog‘ini otib yuboradi balki bosim zo‘rligidan o‘zi ham sinadi.
Aslida, Lyuksemburgda muhokama qilingan sanksiyalarning oltinchi raundi va Borrelning oltita so‘zdan iborat “kiyevcha” tvitlari nafaqat G‘arb uchun xavfli geosiyosiy partiyadagi ulushlarni oshirish yo‘llari, balki qozon tashqarisidan ham, ichkarisidan ham bosimni oshirish usulidir.
Rossiya uchun yangi oltinchi, (yigirma oltinchimi yoki ellik oltinchi) cheklov choralarining mohiyati bugungi kunda hatto ramziy ma’noga ham ega emas, chunki mamlakat o‘zini yaxshi his qilyapti va kelajakka real optimizm bilan qaraydi (cheksiz tabiiy resurslarga, o‘nlab vaqt zonalarida cho‘zilgan hududga ega va hech kimdan va hech narsadan qo‘rqmaydi). Ammo, aytaylik barcha neftlari asli Rossiyadan import qilinadigan Bolgariyada esa kuladigan holat emas.
Nemislarning yirik biznesi ham quvnayotgani yo‘q: Yevropaning eng qudratli iqtisodiyoti yuqori sifatli va arzon Rossiya energomanbalarini import qilgani uchun ham shunday qudratga erishdi. Aynan shu tufayli Germaniya sanoat eksporti jahon global bozorida yuqori darajada raqobatbardosh bo‘ldi. Va sifatli olmos kabi yorqin porlagan Germaniya tashqi savdo balansi, Rossiyaning qora va ko‘k oltiniga qo‘llanilgan embargo sabab bir lahzada arzongina fianit toshi kabi xiralashib qolishi mumkin.
Nafaqat nemis sanoatchilari, balki ularning fransuz, italyan, ispan va boshqa barcha 27 ta Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatdagi hamkasblari cheklovlarning ko‘llanilgani ham va hozir joriy etilishi rejalashtirilgani ular uchun foydani ham, bozorni yo‘qotish ekanligini tushunmay qolmaydilar ham.
Rossiyaga qarshi qonuniy ravishda joriy qilingan sanksiyalar de-fakto umumevropa iqtisodiyotini vayron qilmoqda, ko‘p yillar davomida qoplanishi mumkin bo‘lmagan zararni keltirib chiqarmoqda.
Biroq agar cheklovlar Rossiya uchun turtki bo‘lgan bo‘lsa, (chunki Rossiyaning bozorni to‘ldirishda istiqbollari bor), jamoaviy Yevropa uchun ular iqtisodiy rivojlanish strategiyasiga va ikki yillik pandemiya sabab kelib chiqqan turg‘unlikdan chiqish taktikasiga, lokdaunlardan so‘ng hali o‘zini tiklay olmagan Yevropa fuqarolarining sotib olish qobiliyatiga ta’sir qildi. Ularga yana kamarlarni qanday qilib qaytadan tortishga o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Va yana shunday sharoitda millionlab qochqinlarni qabul qilish ham murakkab vaziyat.
Qit’adagi geosiyosiy inqirozni keskinlikni pasaytirishga emas, balki yuqori darajaga ko‘chirish, aslida hammaning ko‘z o‘ngida o‘z-o‘zini o‘qqa tutish orqali birlashgan Yevropa, buni Brussel yoqtiradimi yo‘qmi, o‘zining siyosiy finali sari yana bir qadam tashlamoqda.
Qadriyatlar birligi va hamjihatligi haqida qancha baland gapirishsa, bunda shubhalar shuncha kuchayadi. Bu ma’noda ruslar tarixiy tajriba va sog‘lom fikrga ega. Va hozir ham juda yaxshi eslaymizki, geosiyosiy halokat do‘konlarda mahsulotlar yetishmasligidan boshlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0