Belgiyada omikronning yangi BA.4 varianti aniqlandi – OAV

© REUTERSOmikron-shtamm koronavirusa
Omikron-shtamm koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
Virusologning so‘zlariga ko‘ra, omikronning yangi variantlari yangi shtamm paydo bo‘lishiga qaraganda yaxshiroq.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Belgiyada koronavirusning omikron shtammining yangi BA.4 varianti bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi. Bu haqda “Le Vif” nashri Lovin katolik universiteti (KU Leuven) virusologlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Virusolog Mark Van Ranst va Pye Mayesning so‘zlariga ko‘ra, yangi variant Belgiyaning Valloniya hududida aniqlangan va Belgiya ozod universitetida (ULB) o‘rganilgan.

“Viruslar mutatsiyalarni jamlashmoqda, ular hamisha shunday qilishadi. Yangi variantlar yana paydo bo‘laveradi”, - deya Van Ranst so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.

Virusolog omikronning yangi variantlari yangi shtamm paydo bo‘lishiga qaraganda yaxshiroq ekanini ta’kidlagan.
Xitoy Sharqida omikronning yangi varianti topildi
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, omikronning BA.4 va BA.5 variantlari allaqachon Botsvana, Germaniya, Daniya, Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikada aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0