“UzAirways” haqiqiy chiptani soxtasidan qanday farqlash mumkinligini tushuntirdi

© SputnikPassajir derjit posadochniy talon v mejdunarodnom aeroportu "Zvartnos".
Passajir derjit posadochniy talon v mejdunarodnom aeroportu Zvartnos. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda soxta aviachiptalar sotish holatlari ko‘paygan.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi so‘nggi kunlarda soxta chipta sotish holatlari ko‘payayotgani sababli yo‘lovchilarni ogohlantirdi.
Haqiqiy aviachiptada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
13 ta raqamdan iborat va 250 sonidan boshlanadigan noyob aviachipta raqami;
aviachipta xarid qilgan agentlikning to‘liq manzili;
aviachiptaning narxi, agentlik yig‘imi miqdori va xarid qilingan aviachiptaning tarifi;
bagaj uchun ruxsat etilgan joy miqdori;
"Uzbekistan Airways" aviaqatnoviga chiqish va ro‘yxatdan o‘tish vaqti tugashi haqida eslatma.
Bundan tashqari, kompaniya yo‘lovchilardan ma’lumotlarni doimo tekshirib ko‘rishni va aviachiptalarni xarid qilishda hushor bo‘lishni so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0