Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonun qanday o‘zgaradi - tafsilotlar

© Pixabay / MiamiAccidentLawyerZakon advokat spravedlivost
Zakon advokat spravedlivost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna bo‘lish
“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Adliya vazirligi yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Loyiha bilan amaldagi qonunga bir qator yangi moddalar va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Loyihada sud ekspertining kasb etikasi qoidalari, maxsus bilimlar, mutaxassis fikri, validasiya, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, xususiy sud eksperti, sud eksperti attestatsiyasi, sud-ekspertiza muassasalari (tashkilotlari) va sud ekspertlarining davlat reyestri hamda sud eksperti qasamodi kabilar belgilanmoqda.
Shuningdek, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasa (tashkilot) o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ekspertlik faoliyatini amalga oshirishi hamda sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar mutaxassislarining huquqiy maqomlari qonun bilan mustahkamlanmoqda.
Hujjat loyihasida ekspertlarning noqonuniy harakatlari bilan bog‘liq holatlar adolatli va xolis ko‘rib chiqilishini ta’minlash masalasi ham o‘rin olgan. Unga ko‘ra, qaror loyihasi qabul qilinsa davlat sud-ekspertiza muassasalari huzuridagi malaka komissiyasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari va xususiy sud ekspertlari malaka komissiyalari tashkil etiladi.
Shu bilan birga, hujjatda kelgusida sud ekspertizasi sohasida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishini oldini olish maqsadida sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan ekspertiza o‘tkazishga doir cheklovlar qayd etilmoqda.
Viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi
Qonun loyihasi bilan davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha va qayta sud ekspertizasi, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarini esa nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti o‘tkazishi mumkinligi mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Muhokama 22-aprelga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0